loading...

Yer shari qancha odamni ko’tara oladi? 

3597

Yer sharida insoniyatning mavjudligiga nisbatan tahdidlar haqida so’z ochilsa, masala o’z-o’zidan qay bir resurslarning yetishmasligi yoki cheklanganligiga borib taqaladi. Biroq mo’l-ko’lchilikni ham ba’zida aktivlarning nazariy ro’yxatiga qo’shib bo’lmaydi va «odamlarning haddan ziyod ko’payganligi» tushunchasi bu fikrni boshqalariga nisbatan yorqinroq ifodalaydi. 7 milliardlik populyatsiyasi bilan inson hozir ham ahyon-ahyonda o’zini bozorda idish-tovoq rastasiga kirib qolgan fil kabi tutadi, boz ustiga, ishtahasi ham karnay, ham shinamlikni ham sevadi. Bu kontekstda yetishish lozim bo’lgan, biroq yetishilganda hozircha shaxsiy oroliga ega bo’lmaganlarning shaxsiy komforti vayron bo’ladigan qandaydir chegara bor-yo’qligini bilishni hamma ham istasa kerak. Umuman, hamma narsa ham shunga bog`liqmikan? Mana, biz nimalarni aniqladik:

Chaynash uchun ikki ajoyib iqtibos
Kunlardan birida Londondagi atrof muhit muammolari xalqaro instituti katta ilmiy xodimi Devid Sattervayt shu mavzuga oid intervyu bera turib, dedi: «Muammo sayyoramizdagi insonlarning sonida emas, iste’molchilarning soni va ular iste’mol qilayotgan narsalarning miqyosida». Juda to’g`ri fikr, boz ustiga, bir necha o’n yil avval Gandi oddiyroq so’zlar bilan tushuntirgan fikrga to’la mos: «Dunyoda har bir insonning talabini qondirishga yetarli narsa bor, lekin ochko’zligini hech kim hech qachon qondira olmaydi». Ya’ni, hech kim ochlikdan o’lmaydi, ochko’zlikdan o’lishi mumkin.

Yadroviy demografik portlash
Falsafa so’qishni bir chetga yig`ishtirsak-da, so’nggi asrda demografik egri chiziq qanday shoshqaloqlik bilan tepaga intilayotganidan so’zlovchi quruq sonlarga murojaat qilsak. Masalan, «allaqanday» 10.000 yil avval Yer aholisi ikki million kishidan oshmagan, milliard kishilik marraga 1800 yilda erishilgan, 2-milliardga — yana oradan 120 yil o’tib! Bunday sur’atda hozirgi 7,3  milliard 2050 yilga borib 9,7 milliardga aylanadi va XXII asr boshiga borib esa 11 milliardga.

Qo’rqinchli bashoratgo’ylik
O’qilganda bularning barisi oddiy raqamlardek tuyuladi, real hayotda esa buning oqibatini oldindan aytishning mutlaqo iloji yo’q, chunki tarixda bunaqasi bo’lmagan-da! Bizning hozirgi bilim darajamiz yaqin o’n yillar ichida katta shaharlarda past va o’rta daromadlarga ega bo’lgan aholi o’rtasida unchalik katta bo’lmagan o’sishni oldindan aytib berishi mumkin. Eng qizig`i, bu hol mutlaqo bilinmasdan sodir bo’ladi.

O’rta sinf va issiqxona gazi
O’rta va o’rtadan past segmentda o’sish chindan ham nisbatan beozor, lekin bu faqat sayyora miqyosida olib qaralsa. Bundan tashqari, bunday shaharliklar an’anaga ko’ra kamroq iste’mol qilishadi, shuningdek atmosferaga CO2 gazini chiqarishda ham yuqori daromadga ega bo’lganlardan juda ortda qolishadi. Albatta, Daniyadagi Kopenhagen va Braziliyadagi Portu-Allegri kabi aholi daromadlariga qaramasdan, chiqindi gazlarni nisbatan past darajada ushlab turgan istisnolar bor.

Hammasiga farovonlik sababchi
Agar past daromadli aholining solishtirma soni ulkan ekanligi hisobga olinsa, 11 milliard kishi ham o’zining zararli chiqindi gazlari bilan jiddiy talofat yetkazishi mumkin emasdek, ko’rinadi, lekin bu bir qaraganda. Real muammolar o’rtahollar boylarning yashash tarzini o’zlashtirayotganda boshlanadi, buni esa hozirok kuzatishimiz mumkin: odamlar topganiga emas, kreditga hashamdor narsalar xarid qilishmoqda. Bu holatdan chiqishning yagona aqlli yo’li — o’z ishtahasini jilovlagan boylarning dastlab ekologik avtomobillardan foydalanishdek ongli pozitsiyasi bo’lishi mumkin. Fantastika-ya? Buni Kremniy vodiysining yuragi Palo-Altoda ayting, u yerda velosiped haydab yurgan milliarder — oddiy hol.

Mas’uliyatning taqsimlanishini unutish
Journal of Industrial Ecology jurnalida 2015-yilda e’lon qilingan tadqiqotning ko’rsatishicha, issiqxona gazlarining 60 foizi va suvdan foydalanishning 80 foizi maishiy iste’molchilar zimmasida ekan. Buni bilgandan so’ng kishi o’zini chiqindi gazlar uchun mas’ullik masalasida nuqtai nazarini o’zgartirishi oson, ayniqsa, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishda. Masalan, Xitoyni ekologik hisobotlardagi yovvoyi raqamlar uchun ayblab bo’ladimi, qachonki bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning deyarli barchasi eksportga ketsa?

Modelni o’zgartirish yordam bermaydi
Biroq «yuqori» va o’rta sinf to’satdan o’z manfaatlaridan jamiyat manfaatlarini yuqori qo’yishga qaror qilsa ham, Ona Yer 11 milliard «farzandi»ni boqishga qodir bo’lmay qolishi mumkin. Olimlarning Yer aholisini 9 milliard kishilik marraga yetganidan so’ng uzoq davr mobaynida sekin-asta kamaytirishga tendensiya joriy etish haqidagi taklifi g`alati ko’rinsa ham, ma’nodan xoli emas. Nima bo’lganda ham, shunday bo’layotganining ayrim belgilari ham bor. Masalan, BMT hisobotlariga ko’ra aholining o’sish sur’atlari 1970–75 yillardagi har bir ayolga o’rtacha 4,7 boladan 2005–10 yillarda 2,6 bolagacha kamaygan.

Falokat ham qutqarmaydi
Xitoyda yaqinda bekor qilingan «bir oilaga — bir farzand» siyosatini har bir mamlakatga joriy qilish ham, ekspertlarning fikricha, tug`ilish sur’atlari pasaytirmasidan turib, yordam bermasligi mumkin. Hattoki 2 milliard jonning qurbon bo’lishiga olib keluvchi nazariy global falokatning ham asrimizning so’ngiga borib, osongina o’rni to’ldiriladi!

Najot ta’limdami?
Inson zoti uchun xatarlarni kamaytirish uchun ishoralarga olimlar mutlaqo kutilmagan joylarda duch kelishadi. Masalan, jahonning eng qashshoq mamlakatlarida 350 million ayol o’rtasida so’rovlarga ko’ra, ular so’nggi homiladorligidan saqlanishni istashgan, biroq buning uchun ijtimoiylashuvning past darajasi tufayli mablag`ga ham, hayotda boshqa bir rejaga ham ega bo’lishmagan. Bundan mantiqiy xulosa kelib chiqadiki, an’analar bilan ezilgan va eskirgan qadriyatlarga ega hududlarda ayollarning huquqiy statusi oshirilishi bilan iste’mol qilinayotgan resurslarni kamaytirish mumkin.
 
Samaradorlik insoniyatni qutqaradi
Bir necha yil avval BMT tomonidan e’lon qilingan dokladda aytilishicha, Yer kurrasining sig`imi ustida olib borilgan turli 65 tadqiqotning eng ko’p takrorlangan xulosasi 8 milliard raqamidan iborat bo’lgan, ya’ni hozirgi yetishilgan marradan biroz ko’proq. To’g`ri, tadqiqotlarda 2 milliard, hattoki 1,024 miliard raqami ham uchragan, biroq bu haqiqat chegarasini yanada xira torttiradi.

Aftidan, sayyoramiz yana bir muddat «rezinali» bo’lib utardi, faqat bir sharti bor: haddan ziyod iste’mol qilishni kamaytirish choralari ko’rilsa va texnologiyalar bir joyda depsinib turmasa. Bu yerda 1930-yillarda Karl Bosh tomonidan yerga o’g`it berishning samarador usuli ixtiro qilingani yaxshi misol bo’lishi mumkin. O’shanda yerlarning unumdorligi keskin oshgan va bir uchastkadan bir necha karra ko’proq inson uchun oziq-ovqat yetishtirish imkoniyati paydo bo’lgan edi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash