loading...

Nima uchun samolyotlarda ehtiyot chorasi sifatida parashyutlar berilmaydi? 

2381

Samolyotda bir marta bo'lsa ham uchgan ko'plab odamlarda nima uchun samolyotlarda uning qulashi vaziyatiga parashyutlar berilmasligi borasida savol tug'ilgan bo'lsa kerak.

Samolyotlarda parashyutlar berilmasligiga bir nechta sabab bor:
 

 
Birinchidan, yo'lovchi samolyoti juda ishonchli transportdir Taqqoslash uchun: parvoz vaqtida halok bo'lish ehtimoli 1:11 000 000 ni, yo'l-transport hodisasida esa 1:5 000 ni tashkil qiladi.

Ikkinchidan, samolyot taxminan 10-12 km balandlikda 800-1000 km/soat tezlik bilan uchadi. Bunday sharoitlarda parashyut umuman befoydadir: bort ortida harorat minus 40 gradusdan minus 60 gacha, atmosfera siyraklashgan bo'ladi va deyarli kislorod bo'lmaydi. Bunday sharoitlarda inson omon qololmaydi.

Uchinchidan, turbulentlik hududiga tushish serhayajon yo'lovchilarda sarosima keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat parvoz vaqtida vaziyatni taranglashtirib, uni ba`zi insonlar uchun chidab bo'lmas qilishi mumkin.
 
 

To'rtinchidan, aviafalokatlarning aksariyati samolyotning qo'nishi yoki uchishi vaqtida yuz beradi. Bunday sharoitida esa yo'lovchilar parashyutdan foydalanishga ulgura olmaydilar, chunki bunday past balandliklarda uni ochishga ulgurib bo'lmaydi.

Beshinchidan, aviafalokat vaqtida odamlar sarosimada bo'ladilar va ularning bunday sharoitda parashyut taqishi va sakrash joyiga tartibli holda yetib borish juda mushkul masaladir.
 
 

Oltinchidan, 100-500 kishi uchun parashyutlar komplektini tashish juda mushkuldir. Chunki bunda samolyotlarni qo'shimcha yuk bilan yuklashga to'g'ri keladi, yo'lovchilar yukini joylash uchun joy qolmaydi. Bundan tashqari, bu aviachiptalar narxi oshishiga olib keladi, chunki parashyutlar ancha qimmat turadi.
Manba: kun.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash