loading...

Geosiyosatchi olimlarning fikr va qarashlari 

9429

Arastu
  • "Siyosat” nomli asarni yozgan.
  • "Iqlimi sovuq bo’lgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi kishilar dovyurak bo’lishadi, ammo  xayoliy orzular va ixtirolar qilishga moyillik yo’q. Shuning uchun ham ular boshqa xalqlarga nisbatan ko’proq vaqt ozodlikni saqlab turishadi, biroq o’z qo’shinlariga boshchilik qilish va ularni boshqarish qobiliyatiga ega emas, ular siyosiy rahbarlikka muhtojdirlar. 
  • Janubiy xalqlar esa aksincha, chuqur o’ylanadigan va qiyin holatdan chiqib ketishga ustadirlar. Ammo ular g’ayratli emaslar. Shuning uchun ham qullik va tobelik ularga xos "tabiiy holatdir”.
  • Oraliq mintaqalarda istiqomat qiluvchi yunonlar esa o’zlarida shimol hamda janub xalqlariga xos bo’lgan eng yaxshi hislatlarni jo qilganlar.
Rudolf Chellen (Shvetsiya)
  • Geosiyosat tushunchasini 1916-yil fanga kiritgan.
  • Har qanday davlat bir butun organizm sifatida qaralmog’i lozim.
  • Davlat inson kabi sezuvchi, his qiluvchi va o’ylovchi mavjudotdir.
  • Yashash uchun kurash har qanday davlat organizming mohiyatini tashkil etadi. 
  • Urush geografik makonni egallash maqsadida olib borilayotgan yashash uchun kurashning aniq bir shaklidir.
  • Davlat o’z nomi bilan maqsaddir, u fuqarolari farovonligini yaxshilashga xizmat qiluvchi organizm emas.
Vilson (AQSh)
  • Rejalariga ko’ra Rossiya davlati bir necha ta’sir doiralariga bo’linishi kerak edi. Masalan, Kavkaz Turkiya Imperiyasining bir qismi sifatida, O’rta Osiyo esa biron-bir Yevropa davlatining protektorati qilinishi lozim edi.
Fridrix Ratsel (1844-1904) Germaniya
  • Qirg’oq bizlarga qo’shni sifatida tabiatni in’om etdi va bu qo’shni har qanday do’stona davlatdan afzaldir.
  • Birinchi bo’lib dunyoga geosiyosiy nigohning (qarashning) asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi. 
  • Makon – siyosiy resurs, taraqqiyot omili hisoblanadi.
  • Geosiyosiy goyalarini "Antropogeografiya” va "Siyosiy geografiya” nomli asarlarida yoritib beradi.
  • Mamlakatning mustaqil davlat sifatida "oyoqqa” turishida tarixiy taraqqiyot nazariyasi geografik sharoitning ahamiyatini hisobga olmagan.
  • Geosiyosat sohasida juda muhim bo’lgan qonuniyatlarni ishlab chiqqan.
  • Davlatning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritgan: mamlakat hududining kattaligi; geografik o’rni va chegaralari; o’simlik dunyosi; boshqa hududlarga bo’lgan munosabati.
  • Katta davlatlar geosiyosiy ekspansiya (bosib olishga intilish)ga moyillik mavjudligini va bu xususiyat asta-sekin sayyoraviy (planetar) miqyosda kengayib borishini aniqlagan.
  • Har bir xalq va davlat o’zining hududiy taraqqiyot konsepsiyasiga ega ekanligini asoslab beradi.
  • Geografik makon siyosiy kuch sifatida geosiyosatning asosini tashkil etadi.
  • Davlat tashqi va ichki siyosatining geografik sharoitga bog‘liq ekanligini isbotlash bo‘yicha muhim ilmiy ishlar olib bordi.
Jan Boden
  • Geografik determinizmni rivojlantiradi.
  • Insonning rivojlanishiga geografik muhit xalq xarakteri va ruhiyati orqali ta’sir ko’rsatadi.
  • Inson hayoti uchun eng qulay va yaxshi sharoitlar mo’tadil mintaqada, 40°-50° shimoliy kengliklar oralig’ida mavjud.
  • Mustaqil davlatlarning kuch-qudrati va taraqqiyoti ularni o’rab turgan tabiiy sharoitning ta’siriga bevosita bog’liq.
Sh.Monteske
  • Ijtimoiy hayot shakllarining rivojlanishida iqlim hal qiluvchi ahamiyatga ega va mamlakat qonunlari uning geografik sharoitlariga mos bo‘lishi zarurligini asoslab bergan.
Ritter
  • Dunyoni  ikki qismga bo’ladi – suvlik (okeanlar)  va quruqlikka. 
  • Quruqlik Shimoliy yarimsharda, suvlik esa Janubiy yarimsharda asosiy maydonni tashkil qilishini ta’kidlaydi. Shimolda joylashgan quruqlikni ”Eski dunyo” (Yevropa, Osiyo) va ”Yangi dunyo” (Shimoliy va Janubiy Amerika)ga bo'ladi.
  • "Eski dunyo” g‘arbdan sharqqa katta masofaga cho‘zilganligi sababli iqlimiy jihatdan bir xillikka ega, "Yangi dunyo” esa shimoldan janubga tomon katta masofaga cho‘zilganligi tufayli iqlimiy farqlari juda katta.
  • Iqlimiy farqlar mintaqada istiqomat qiluvchi xalqlar xarakteriga katta ta’sir ko'rsatadi.
Karl Xausxafer (1896-1946)
  • Jahonda birinchi geosiyosatchilar maktabining asoschisi va tashkilotchisi.
  • Ilmiy izlanishlarida "Hayotiy makon” kategoriyasiga katta e’tibor berilgan.
  • Milliy g’oya tarafdorlari kabi nemis davlatining kuch-qudratini kuchaytirishga harakat qildi.
  • Katta davlatlarning kichik davlatlar oldidagi yutuqli jihatlari to’g’risidagi Fridix Ratsel g’oyasini o’ziga asos qilib olib, Germaniyaning qo’shni kichik davlatlar ustidan hech qanday gap-so’zsiz hukmronlik qilishini mutlaq haqiqat deb, Germaniyaning iqtisodiy jihatdan Rossiyani o’ziga tobe qilib olinishini esa asosiy vazifalaridan biri deb aytgan.
  • Kontenintal yo’nalishning "kontinental blok” nazariyasi asoschisi hisoblanadi
  • Germaniya qo’shni davlatlar ustidan hukmdor bo’lishi kerak.
  • AQSHning G’arb-Sharq yo’nalishidagi geosiyosiy muammolarini ochib berdi.
  • Davlatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi uning o‘z hayotiy makonini kengaytirishga qaratilgan kurashi hisoblanadi.
F. Maltus
  • "Hayotiy makon” kategoriyasini shakllanishida uning ishlari va g’oyalari muhim o’rin tutadi.
  • Aholi o’sishi biologik qonuniyatlar asosida geometrik progressiya bo’yicha,  oziq-ovqat mahsulotlari esa arifmetik progressiya bo’yicha o’sadi.
X. Makinder (1861-1947) 
  • Birinchi dunyoviy (global)  model Angliyada ishlab chiqdi.
  • 1914-yilda Buyuk Britaniya Qirollik geografiya jamiyatida "Tarixning geografik o’qi” deb nomlangan maruzasida "Jahon siyosatining o’q mintaqalari” g’oyasini ilgari surdi.
  • 1919-yilda nashr qilingan o’zining  "Demokratik ideallik va reallik” nomli kitobida "o’q mintaqa”ni Xartlend deb atadi.
  • Dunyoga hukmdorlik qilishda kontenintal (quruqlik) davlatlarining imkoniyatlari behisobdir.
  • Dengizning kuch-qudrati jahondagi kuchlar balansida juda katta ahamiyatga ega bo‘lsa ham, quruqlik va havodagi kommunikatsiyalarning rivojlantirilishi dengiz kuch-qudrati samaradorligining  pasayishiga sabab bo‘ladi.  
A.Mexen (1840-1914)
  • AQSHning qudratli davlatga aylanishi Makinder konsepsiyasini  va "Atlantizm” geosiyosat g’oyasining shakllanishiga sababchi bo’ldi.
  • "Tarixda dengiz kuchlari” va boshqa qator asarlarida "dengiz kuchlari” tushunchasi asosida geosiyosat konsepsiyasini ishlab chiqdi.
  • AQSHni "dengiz taqdiri”ga ega, buni natijasida u avval Amerika qit’ada keyinchalik dunyoda hukmronlik qiladi. 
  • Geosiyosiy g‘oyalari to‘liq holda XX asr mobaynida AQSH da hayotga tatbiq etildi va yuqori darajada o‘zining samarasini berdi. 
N.Spaykmen (1983-1943) (AQSH)
  • Xartlend mustaqil g’oyalarni hal qil olmaydi, bu vazifalarni, shu jumladan, dunyoga hukmronlik qilish vazifasini Rimlend bajarishi mumkin.
  • Dunyoni uch qismga bo’lgan: Xartlend, Rimlend va olisda joylashgan Avstraliya va Afrika qit’alariga bo’lgan.
  • Kim Rimlendni nazorat qilsa, u Yevropada hukmdorlik qiladi, kim Yevrosiyoni nazorat qilsa, u jahon taqdirini hal qiladi.
  • AQSHni Rimlendga nisbatan ham Xartlendga nisbatan ham juda qulay o’ringa ega deb hisoblagan.
  • "O’rta okean” tushunchasini muomalaga  kiritdi va Atlantika dunyosi tomonidan Rimlend ustidan o‘rnatilgan nazorat quruqlik kuchlarini mag‘lub bo‘lishiga va Atlantika dunyosi tobe holatga tushishiga sabab bo‘ldi,.
  • Davlat geosiyosiy qudratini taminlovchi 10 ta mezonni alohida ajratib ko’rsatgan.
  • Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yevropa davlatlari mustaqilligining pasayishini, AQSH mustaqilligining esa oshishini bashorat qilgan.
Gotman 
  • Komunikatsion nazariya asoschisi.
  • Komunikatsiyalar jarayonidagina makonning tabaqalanishi yuz beradi.
Z.Bjezinskiy
  • Rossiyani harbiy-siyosiy salohiyatini qisqarishida Ukrainani roli katta.
  • Sobiq Sovet Ittifoqining parchalanib ketishi Yevrosiyo yuragida geosiyosiy vakuum hosil bo’lishiga olib keladi.
  • Rossiya, Yevrosiyo va dunyo miqyosida emas, balki mintaqa miqyosida ahamiyatga ega davlat ekanligini tan olishi lozim.
E.Rubinstayn 
  • Dunyoni 6 ta asosiy geosiyosiy mintaqaga bo’ldi:
    1. AQSH boshchiligidagi Shimoliy Amerika
    2. Yevropa
    3. Sharqiy Osiyo.
    4. Janubiy Osiyo
    5. Musulmon mamlakatlar
    6. Sobiq Ittifoq (Rossiya)
  • Dunyodagi vaziatni beqarorlashtiruvchi eng muhim omil Xitoy bo’lishi mumkin.
  • Kelajakda Xitoy, Rossiya, Eron davlatlari ittifoqi paydo bo’lishi mumkin va ushbu ittifoq Amerika-Yevropa-Yaponiya ittifoqiga qarshi turadi.
G.Kissinjer
  • XXI asrda xalqaro tizim kamida 6 ta kuch markazidan iborat bo’ladi, deb hisoblaydi. Ular AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Rossiya va ko’plab o’rta kichik davlatlar kiradi.
Xangtington 
  • "Umuman insoniyat” yo’q, faqat ma’lum iuda-xristianlik, islom dini, buddizm va shu kabi sivilizatsiyalar mavjud. Eng katta xavfni mana shu sivilizatsiyalar o’rtasida yuz beradigan harbiy nizolar tug’diradi.
  • ”Sivilizatsiyalar to’qnashuvi” deb nomlangan maqolasida sivilizatsiyalarni eng yuqori darajadagi ijtimoiy-madaniy jamoalar deb atadi.
  • Har bir sivilizatsiyaga faqat uning o‘ziga yaqin bo‘lgan tarixiy taraqqiyot, din, til,urf-odatlaming umumiyligi, ijtimoiy institutlar bajaradigan vazifalarning yaqinligi va boshqa xususiyatlar xosdir. 
J.Bush
  • Bugungi kunda AQSH xalqlar taqdirini hal qilishdek murakkab va ma’suliyatli bo’lgan vazifani bajarishi kerak.
  • AQSH Yevrosiyo uchun aniq va ravshan taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishi lozim.
Den Syao Pen (Xitoy)
  • Xitoy XX asrning 70-yillaridan "Atlantik” geosiyosatni olib borgan, bu uning pragmatik falsafasi bilan bog’liq.
Tuzuvchi: Adhamjon MAMADIYOROV
O’zbekiston Milliy Universiteti 
"Geografiya” yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash