loading...

Xitoyda dunyodagi ilk "o'rmon shahar" quriladi. 

2949

 

2020-yilga qadar Xitoyda dunyodagi ilk "o'rmon shahar" qurilmoqchi. Bu shahar odatdagi shaharlardan atrof-muhitni ifloslantirmay, balki uni tozalashi bilan farq qiladi. Faqatgina tiklanuvchi energiya manbalariga bog'liq bo'ladigan kelajak shahrida 30 ming kishi joylasha oladi.  

O'rmon shahar loyihasi italiyalik arxitektor Stefano Boyeri tomonidan yaratilgan. Bunday ilk shahar Guansi-Chjuan muxtor tumanida paydo bo'ladi va Lyuchjou shahri bilan tezyurar poyezd orqali bog'lanadi.

Yangi shaharda 40 mingta daraxt va yarim millionga yaqin boshqa o'simliklar bo'ladi. Bu o'simliklar birgalikda yiliga 10 ming tonna karbonat angidrid yoki deyarli 60 tonna zararli moddalarni qayta ishlay oladi.

Arxitektorlar va ekologlar o'simliklar nafaqat shaharni tozalashi, balki minglab qushlar, hasharotlar va jonzotlar uchun uyga aylanishiga umid bog'lashmoqda.

 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash