loading...

Dunyoning eng ifloslangan shaharlari 

6377

  Kimyo sanoati jadallik bilan rivojlanib bormoqda.  Ammo bu ekologiyaga juda ham salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Sayyoramizdagi ayrim shaharlar shu darajada ifloslanganki, sog`lom firklovchi inson u yerlarda yashamaydi. Ammo ayrimlarning boshqa yo’li yo’q. 

Vapi, Hindiston
  Bu shahar ifloslanishi minglab sanoat korxonalarining faoliyati bilan bog`liq. Korxonalardan chiqayotgan axlatlar odamlarni shaharda yashab bo’lmaydigan ahvolga olib kelgan. Yuz ming tonna axlatlar, metallar, on minglab kasal insonlar shaharni  katta axlatxonaga o’xshatib qo’ygan. Ko’p sonli majruh va surunkali kassaliklar bilan tug`ilayotganlar soni oshib borishi, shaharni yashash uchun yaroqsizligidan dalolatdir.
  
Linfen, Xitoy
  Bronxit, o’pka saratoni, pnevmoniya va boshqa kasalliklar avj olgan shahar. Bularning barchasiga shaharda faoliyat yuritayotgan toshko’mir saonati sababchisidir. Katta hajmda atmosferaga chiqarib yuboriladigan zararli moddalar nafaqat havoni balki ichimlik suvlarini ham zaharlamoqda.  

La Oroya, Peru
  Bu shahar aholisining ko’p qismi qonda qo’rg`oshin borligi bilan og`rimoqda. Qo’rg`oshin markaziy
nerv tizimini buzilishiga, immunitetni tushib ketishi va saraton kasalligiga olib keladi. La Oraya shahrida AQSh kompaniyalari qo’rg`oshin,  rux va mis qazib olish bilan shug`ullanadi.  
 
Dzerjinsk, Rossiya
  Dzerjinsk Rossiyaning eng ifloslangan shahridir. Bu yerda  taksinlar ko’rsatkichi me’yordagi million barovar ortiq. Shaharda yuz ming tonnalab kimyoviy axlatlar  ko’milgan. Shahar havosi, suvi va tuprog`i fenol va boshqa zararli moddalar bilan zaharlangan. Bu shaharda o’rtacha umr davomiyligi 45 yilni tashkil qiladi.
 
Norilsk, Rossiya
  Bleksmit instituti olimlari Norilskni dunyoda eng ifloslangan shaharlaridan biri deya ta’kidladi. Tog`-kon sanoatining faoliyati oqibatida atmosferaga tonnalab zararli moddalar chiqarib yuborilmoqda. Bu nafaqat aholining sog`lig`iga balkim, shaharda qora qor, kislotali yomg`ir yog`ishiga olib kelgan. Norilsk deyarli yashash uchun yaroqsizligiga qaramay, shaharda yuz minglab kishi istiqomat qiladi.
   
Kabve, Zambiya
 Bu shahar Zambiyaning sanoat markazi hisoblanadi. Korxonalar faoliyati davomida tonnalab zararli moddalar, taksinlar bilan atmosferani zaharlamoqda. 
 
Gaina (Xayna), Dominika Respublikasi
 Bu shahar Dominika Respublikasining g`arbida joylashgan.  Shahar aholisining yuz mingga yaqini qo’rg`oshin bilan zaharlangan. Gaina shahri avtomobil uchun akkumlyator ishlab chiqarish bo’yicha jahonda birinchi o’rinda turadi.  Eskirib qolgan ishlab chiqarish jarayoni sababli atmosferaga ko’plab zararli moddalar chiqib ketgan.  Bularning barchasi aholida majruh tug`ilishlarni, ruhiy va ko’z kasalliklarini ortishiga olib kelmoqda. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.