loading...

Shaharlarning gullab-yashnashi - el farovonligidir! 

5032

  Shaharlar sonining ortishi, shahar aholisi, shaharlar rolining ortib borishi hamda shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayoni urbanizatsiya deyiladi. Bugungi kunda dunyo aholisining uchdan bir qismi shaharlarda yashaydi. Bundan 3500 yil awal Tigr, Efrat va keyinchalik Nil daryolari bo‘ylarida dunyoda birinchi shaharlar paydo bo‘lgan.
Hozirgi davrning xususiyatlaridan biri urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha urbanizatsiya darajasi turlicha, masalan, Yevropada - 73%, Shimoliy Amerikada 75%, Rossiyada 74 %.
  Umuman dunyo bo‘yicha urbanizatsiya darajasi o‘rtacha 45% tashkil etadi. Shahar o‘ziga xos dunyo, u maxsus shahar muhitini hosil qiladi. Shahar muhiti va uning tarixiy rivojlanishi asosiy tarkibiy qismlari va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganuvchi yangi bilim sohasi urbanizatsiya yoki shahar ekologiyasi deyiladi.
  Urbanizatsiya jarayoni bir tomondan aholining turmush tarzini yaxshilasa, ikkinchi tomondan tabiiy tizimlarni siqib chiqaradi, ular o‘rnida sun’iy tizimlar barpo etiladi. Natijada atrof-muhitning ifloslanishi, tirik organizmlarga kimyoviy, fizik va ruhiy ta’sirlar ortib boradi. Shaharlar bir- birlari bilan qo‘shilib ketib, yirik o‘ta urbanizatsiyalashgan hududlarni keltirib chiqaradi. Bunday hududlar odatda megapolislar deb nomlanadi. Katta Nyu-York megapolisi 16 mln. aholi soniga ega. Yirik shaharlar deyarli tabiiy muhitni, ya’ni atmosfera, tuproq, o‘simlik va hayvonlar, Yer osti suvlari, iqlim, xuddi shuningdek, Yerning elektr, magnit va boshqa fizik maydonlarini o‘zgartirib yubordi.
  O‘zbekiston Respublikasida 120 shaharlar mavjud bo‘lib, ulardan 89 tasi kichik, 50 ming aholi soniga ega. 14 tasi (o‘rta) 50 mingdan 100 mingacha aholi soniga ega. 13 tasi (yirik) ularda 100 mingdan 250 minggacha aholi yashaydi. Uchtasi (katta) aholi soni 250 mingdan 500 minggacha. Respublika poytaxti Toshkent eng yirik shahar bo‘lib, uning aholisi 2,2 milliondan ortiq. Toshkent shahri aholisi yuqori zichlikka ega bo‘lgani uchun uning muhitiga yuqori ekologik tazyiq ko‘rsatilayotgani kuzatilmoqda. Shahar aholisiga atrof-muhitning ifloslanishi katta xavf soladi. Atmosferaning ifloslanishi natijasida har xil kasalliklar kelib chiqadi. Yurak-qon tomir, bronxit, astma, allergik va ruhiy kasalliklar shahar aholisida ko‘p uchraydi. Inson atrof-muhitini sogiomlashtirish shahar qurilish sohasining eng muhim vazifasidir. Shaharlar qurilish sohasining rivojlanishi odamlarning salomatligi uzoq umr ko‘rish hamda ijodiy faoliyat ko‘rsatishi kabilarga katta ta’sir etadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash