loading...

Adaptatsiya (Moslashish) 

11037

  Tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishjarayonida tashqi muhitning o‘zgarishlariga javoban organizmlarning ichki va tashqi tuzilishlarida kelib chiqadigan belgi va xususiyatlar yig‘indisi hisoblanadi. Bizga ma’lum bo‘lgan barcha tirik organizmlar, ya’ni bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hay- vonlar yashash sharoitiga moslashgan.

Suvda yashovchi baliqlar suvga, qushlar havoda uchib yurishga, shuningdek, cho‘lda suvsizlikka bardosh berib o‘sayotgan yantoq va saksovullar yashash sharoitlariga yaxshi moslashgan.

  Moslashish organizmning tashqi muhitda yashab qolishi yoki nobud bo‘lishini muammo qilib qo‘yadi. Har qanday tirik organizm yashashi uchun ushbu muammolarni hal etishi kerak bo‘ladi. Moslashish cheksiz va to‘xtovsizdir.

  Inson moslashish haqidagi yetarli bilimlarga ega bo‘lsa, o‘z hayoti uchun zarur bolgan muammolarni oson hal etadi. Olimlar o‘simlik va hayvonlarni iqlimlashtirish yo‘li bilan organizmlarni o‘z maqsadlariga muvofiq o‘zgartirish mumkin ekanligini isbotlab berganlar. Natijada hozirgi davrdagi xilma-xil o‘simlik va hayvon turlari yangi sharoitga moslashgan va o‘z nasliy tabiatini o‘zgartirgan.

  Zahiriddin Muhammad Bobur Afg‘oniston, Hindiston kabi mamlakatlarda bo‘lganida, u joylarning tabiati va o‘ziga xos xususiyatlarini jonajon Vatani Andijon bilan taqqoslaydi. U Hindistondan tustovuqlar, to‘tiqushlar, bulbul kabi qushlar va boshqa hayvonlardan o‘z Vataniga olib keladi.

  Aql-zakovatli inson hozirgi davrda, ya’ni yangi sharoitda tabiat bilan uyg‘unlashgan holda ish ko‘rishi lozim. Aks holda sayyoramizda yashab qolishiga kafolat berish qiyin bo‘lib qoladi.

 Salomatlik - tashqi muhitning doimo o‘zgarib turadigan sharoitlariga, odamning doimo moslashish imkoniyatidir. Ortiqcha ovqatlanish, qattiq hayajon, og‘ir ruhiy hissiyotlar inson organizmini yemiradi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash