Kimyoviy energiya inson xizmatida
Ba’zi
bir turdagi bakteriyalar organik moddalarni sintez qilish xususiyatiga ega.
Bulling uchun ular anorganik moddalardan kimyoviy reaktsiyalardan ajralib
chiqqan energiyadan foydalanadi. Organik moddalarni sintez jarayonida kimyoviy
reaktsiyalarning energiyasini kimyoviy energiyaga aylantirilishi xemosintez
deb ataladi.
Xemosintez jarayonini 1887-yil rus mikrobiolog olimi S.N.Vinogradskiy tomonidan
o‘rganilgan.
Xemosintez
qiluvchi organizmlar guruhiga azot to'plovchi bakteriyalar kiradi. Ularning
ba’zi birlari NH3(ammiak) oksidlanishidagi energiyadan foydalansa,
ikkinchibirgumhlari nitrit kislotaning nitratlarga aylanishidagi energiyalardan
foydalanadi. Bulardan tashqari, ikki valentli temir, uch valentligacha
oksidlanishi, shuningdek, oltingugurtning sulfat kislotagacha oksidlanishi
energiyasidan foydalanadigan temir va oltingugurt bakteriyalari ham ma’lum.
Havodagi erkin azotni o‘simliklar o‘zlashtiradigan birikmaga aylantiruvchi va
azot to‘playdigan bakteriyalar tabiatda moddalar almashinishida muhim rol
o‘ynaydi.
Azotning
tabiatda aylanishiga inson juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatdagi azot sanoat
miqyosida o‘zlashtiraladi. Buning ustiga dukkakdoshlar oilasining vakillari
tomonidan ham uning birikma holda o‘tishi hisobiga, yuqoridagi ko‘rsatkich bir
oz ortiqroq bo‘ladi. Okeanlarda har yili 10 mln.t. azot nitratlar shaklida va
20 mln.t. organik moddalar bilan oqib keladi.
Tabiatda azotning aylanishi, muvozanatda saqlab
turilishi uchun sun’iy ravishda, azot birikmalari parchalanish jarayonini
tezlashtirish kerak.
Qishloq xo‘jaligida o‘simliklarning hosiidorligini,
hayvonlar mahsuldorligini oshirishga qaratilgan insonning faoliyatini sun’iy
ravishda atmosferaga erkin azotni qaytarish masalasiga yo‘naltirilgan bo`lishi
kerak.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.