loading...

Nitratlar nima uchun xavfli? 

5679

 Nitratlar (kimyoviy atamashunoslik tilida - azot kislotasi tuzlari) - sayyoramizda bog‘langan azotning tabiiy shaklidir. Azot oqsillar, DNK, xlorofill, dori-darmonlar va boshqa ko‘plab muhim biologik moddalar tarkibiga kiradi. Shuning uchun dehqonchilikda yuqori hosil olish maqsadida azot o‘g‘itlari qo‘llanadi.
  Nitratlar atrof-muhitda doimiy ravishda hosil bo’ladi. Ularni o'simliklar o’zlashtiriladi va yig‘ib oladi, ular yer osti suvlariga tushadi va yana o‘simliklarda paydo boiadi.
 Boshqacha aytganda, nitratlarning tabiatda aylanishi - oddiy jarayondir. Faqat insonning noto’g’ri xo‘jalik faoliyati tufayli ushbu foydali modda haddan ziyod ko‘payib ketadi. Ma’lumki, har qanday zararsiz birikmaning me’yordan oshib ketishi zaharga aylanadi. Nitratlar ham shunday. Shuni aytish joizki, nitradar muammosi yaqinda paydo bo'lgan.
 Nitradarning salbiy xususiyati mamlakatimizda kishilarga tomorqa yerlari bo’lib berilgandan keyin ma’lum bo’ldi. Odamlar tomorqalaridan yuqori hosil olish uchun yerga haddan ziyod kimyoviy o‘g‘it sola boshladilar. Xo‘jalik yuritishning bu yangi usuli tufayli tarkibida nitratlar me’yoridan oshib ketgan sabzavot mahsulotlari dasturxonimizda paydo bo‘ldi. Ayrim kishilar bir sotix yerga bir tonnadan ziyod o‘g‘it solmoqda, bu esa bir gektar erga solingan 500 kg. azot bilan teng degani.
Nitratlar nima uchun sog‘liqqa xavfli?
  Ko‘p miqdordagi nitratlar jiddiy kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin. Bu shifokorlarga avvaldan ma’lum. Nitratlar ko'proq yosh bolalarga ta’sir qiladi, chunki ulaming oshqozonlarida kislota miqdori kamroqdir. Bunday muhitda esa oshqozon bakteriyalari nitratni nitritga aylantiradi. Nitratlar inson organizmida kislorod tashuvchi hisoblangan gemoglobin bilan bog‘lanib, uni metgemoglobinga aylantiradi. Metgemoglobin esa gemoglobinga o‘xshab kislorod tashimaydi. Natijada kislorod yetishmasligi paydo bo'ladi, undan, birinchi navbatda, miya to’qimalari qiynaladi. Undan tashqari bolalarda metgemoglobin qayta gemoglobinga aylanmaydi. Kattalar organizmida esa bu jarayon qaytariladi. Chunki ularda ushbu vazifani bajaruvchi maxsus ferment bor.
  Nitratlarning yana bir yomon xususiyati bor. Ularni ko‘p vaqt davomida iste’mol qilish jigar va oshqozonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nitritlardan, ayrim sharoitlarda, organizmning о‘zida nitrozamin deb ataladigan xavfli moddalar tashkil topadi. Olimlaming ta’kidlashicha, ular oshqozon-ichak va jigarda saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin (bu hoi hayvonlarda aniq topilgan).
 Nitratlar uy hayvonlariga ko’proq xavf soladi. Qoramol, qo‘y va otlar nitritlarga ko‘proq sezgir bo‘lishadi, chunki ularning oshqozonlarida nitratlarni nitratlarga aylantiruvchi bakteriyalar ko'pdir. Tovuq, g‘oz, o‘rdak va cho‘chqalarga esadeyarli ta’sir qilmaydi.
Tarkibida nitrat miqdori oshib ketgan o‘simliklarning tashqi ko'rinishidan aniqlash mumkin. Odatda ulaming bo‘yi uzun, barglari yam-yashil, poyalari esa yotib qolgan bo'ladi.
  Barcha o‘simliklar ham nitratlarni bir xilda yig‘maydi. Masalan, kartoshka, meva va rezavor mevalarda ular juda oz miqdorda boiadi. Ammo turp, lavlagi, salat, qizilcha, seldereylar nitratlarni yaxshi yig‘adi. Nitratlar miqdori bargdan poyaga qarab ko‘payadi. Ukrop, petrushka, selderey barglaridagi nitrat poyasiga nisbatan 60 foizga kamroqdir, sabzining ustki qismidagi nitratlar о‘rtasiga nisbatan 80 foizga kamroqdir. Bodring va qizilcha po 'chog ‘ida nitratlar 70 foizga ко ‘proqdir.
  Shuni yaxshi bilib olishingiz kerakki, sabzavot muzlatgichda uzoq muddatda saqlansa nitratlar yanada zaharliroq bo iadi. Mevalar yuvilganda nitratlar miqdori 35 foizgacha kamayadi. 40 daqiqa qaynatilgan sabzavotda nitratlar 80 foizga kamayadi. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.