Fotosintez
O‘simliklarning
muhim xususiyatlaridan biri - yashil rangda bo‘lishidir. Ko‘pchilik o‘simliklar
(o‘simliklar olamining uchdan ikki qismi) yashil rangga ega. Bu rang maxsus
bo‘yovchi xlorofillning bo‘lishi tufaylidir. U xlorofill donachalarida hosil
bo‘ladi. Anorganik moddalardan organik modda hosil bo‘lishi uchun yoki
to‘planishi uchun o‘simlik quyosh nuri energiyasidan foydalanadi. Shuning uchun
ham o‘simliklarda anorganik moddadan hosil bo‘lish jarayoni fotosintez deb ataladi.
Fotosintez
natijasida birlamchi organik modda hosil bo‘ladi. U o‘z navbatida, o‘simlikda
o‘zgarishlarga uchrab, turli organik moddalarni hosil qiladi va o‘simlik
tanasining tuzilishida.ishtirok etadi. Yerdagi hayotning davom etishi
fotosintez jarayoniga bog‘liq.
Har
yili yashil o‘simliklar ko‘p miqdorda organik modda to‘playdi. Bunda taxminan
600 mlrd.t. karbonat angidrid yutilib, atmosferaga 400 mlrd.t. kislorod ajralib
chiqadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yer sharida har yili fotosintez jarayoni tufayli,
83 mlrd.t. organik modda quruqlikda yashovchi o‘simliklar tomonidan to‘plansa,
30 mlrd.t. esa dengiz va okeanlarda yashovchi o‘simliklar hisobiga to‘g‘ri
keladi. Fotosintez mahsulotlarida har yili Quyosh energiyasi hisobiga 5x1022
kkal. energiya to‘planadi. Shunday qilib, fotosintez tufayli:
1. Organik modda hosil qilinadi. Bu
moddalar geterotrof organizmlar tomonidan o‘zlashtiriladi va inson undan turli
sohalarda foydalanadi.
2. Ko‘p miqdorda kimyoviy energiya
to‘planadi.
3. Yer yuzidagi ko‘pchilik tirik
organizmlar kislorod bilan ta’minlanadi. Karbonat angidrid o‘zlashtiriladi,
tabiatda aylanishi va uning atmosferadagi miqdorini muvozanatga solib turiladi
va boshqalar.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, fotosintez
jarayoni o‘ta muhim jarayon bo‘lib, bunda yashil o‘simliklar asosiy o‘rinni
egallaydi. Shunday ekan, tabiatda bu o‘simliklarni ko‘paytirish, yangi-yangi
o‘rmonzorlar, ko‘kalamzor maydonlarini tashkil etish lozim. Bu bilan biz
tabiatimizni, yerimizni musaffo bo‘lishiga, atmosfera havosida kislorodning
ko‘payishiga, tirik organizmlar va odamlar uchun ozuqaning ko‘payishiga
erishgan bo‘lamiz. 0‘zimizni loqaydligimiz «menga nima» qabilida ish
tutishimizbilan esa ekologik inqirozni yanada yaqinlashtirgan bo‘lamiz.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.