loading...

Shovqinga qarshi kurash hammaning va har bir kishining ishi 

10392

  Bizni iztiroblaydigan, ko‘ngilni xira qiladigan tovushlar ham bor. Ana shunday tovush shovqin deyiladi.
  Shovqin fizik (to‘lqinli) ifloslanishningbirturi bo‘lib, inson unga ko'nika olmaydi. Shovqin odamning qulog‘iga, markaziy asab tuzimiga yomon ta’sir qiladi. Shuningdek, uyqusizlik, ish qobiliyatining pasayishi, tez toliqishi, bosh og‘rig‘i kabilarni keltirib chiqaradi.
  Olimlar ko‘chadagi 55 detsibel kuchdagi shovqin xonada aqliy ish faoliyati, 35 dB. shovqindan uyqu buzilishi mumkin.
  0‘quvchilarda 65 dB kuchdagi shovqin 12-15% dan ko‘p xatolar qilishlari, hatto ko‘rish qobiliyati yomonlashadi. Yirik shaharlardagi shovqin, maktablarga 85 dB va undan ortiq kuchda tarqaladi.
  Shovqin butun organizmga ta’sir qilishi haqida yangi ma’lumotlar ko‘payib bormoqda. Shovqin omili qon bosimi ko‘tarilishga sababchi bo‘lar ekan. Bundan chiqadiki, stenokardiya va oshqozon ichak yara kasalliklarini kelib chiqishiga shovqinning roli katta ekanligi aniqlandi.
Germaniya jurnallarining ma’lumotlarida ko‘chadagi shovqin 16 mln.dan ortiq, samolyotlarni guvullashidan 4,5 mln. kishi, baqiroq qo‘shnilardan 2 mln. kishi zararlanar ekan, 1,8 mln. kishi kichik korxona va ustaxonalardagi shovqindan, 1 mln. kishi temir yo‘llarni yaqinligidan shikoyat qilgan.
  Hozirgi vaqtda shovqinga qarshi kurashishga juda e’tibor berilmoqda. Gigienistlar bilan birgalikda shovqinning odamga salbiy ta’sirlarni arxitektorlar, quruvchilar, temir yo‘l xodimlari, aloqa xizmatchilari, shuningdek turli ishlab chiqarishdagi va maishiy turmushdagi mutaxassislar o‘rganilmoqda.
  Shovqin ruxsat etiladigan me’yoriy kuchi davlat standartlari ishlab chiqilgan. Binolarda aqliy mehnat bilan shug‘ullanganda 45 detsibeldan oshmasligi kerak. Shahar ko‘chalari 55 dB, ishlab chiqarish korxonalari 70-80 dB.
  Yirik shaharlarda - maxsus shovqin xaritalari tuzilgan bo‘lib, shovqinga qarshi kurashishga yordam beradi.
  Shovqin o‘simlikva hayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir etadi. Masalan, kontsert zallaridagi shovqin ta’sirida hayvonlar qonidagi xolestirin normadan ortib ketgan.
  Jimjitlik - dam olish uchun muhim sharoitdir. Jimjitlikni saqlash uchun harakat qilish zarur. Jimjitlikka moslashishni yoshlikdan tarbiyalash zarur.
  Bir xil tovushlarni, chunonchi dengiz qirg‘og‘ining suv sachratishi, qushlarning yoqimli nag‘malari, o‘rmonlardagi daraxt barglarining shitirlashi, yomg‘ir tomchilarining chak-chaki, jilg‘alarning jildirashini jonu-dildan tinglaymiz, baxru dimimiz ochilib, ko‘nglimiz, butun vujudimiz orom oladi.
  Agar bu yoqimli ovozlar odamzot paydo bo‘lgandan buyon irsiy xotiraga singib hayotiy yo‘ldosh bo‘lib qolgan bo‘lsa, zamonaviy texnikani «temir jangobi» hali-hali ruhiyatimiz, sog‘ligimizga yot bo‘lib qolaveradi.
  Hech kimni bezovta qilmagan holda, musiqa tinglash va o‘ynash mumkin. Ha, qadrli o‘quvchi, dehqonchilikda, turmushda shovqinga qarshi kurash olib borishimiz foydadan holi emas.
  Biz kim bo‘lishimizdan qathiy nazar, har birimiz jamiyatning qonun-qoidalarini ado etishimiz - osoyishtalikni saqlashimiz lozim.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash