loading...

Shovqin 

5662

 Derazangizni ochishingiz bilan avtoulovlar motorining guvillashi, qo'shnilar ko’tarayotgan shovqinni eshitasiz. Bu shovqin tunda ham tinmaydi, uzoqdan turli transportlar guvillashi hamda itlaming hurishi eshitilib turadi. Biror daqiqa atrof sukunatga cho‘kadi va o‘shanda yaproqlarning shitirlashini eshitasiz, birozdan so‘ng ko’chadan o‘tayotgan mototsiklning tarillashi yoki baland musiqa sukunatni buzadi.
Afsuski, salomatligimiz uchun juda zarar bo ‘lgan tinchlik va sukunat haqida juda kam o'ylaymiz.
  Ko‘p sonli tadqiqotlar shuni isbotlaganki, uzoq muddat davomida me’yor chegarasidan oshib ketgan shovqin ostida yashagan kishilar markaziy asab tizimi faoliyati buzilganidan aziyat chekadi. Ularda bedorlik, serjahllik, tez charchash, bosh og‘rig‘i kabi holatlar uchraydi.
  Ko’chadan ishxonaga kirayotgan 55 detsibel kuchdagi shovqin aqliy mehnatga xalaqit beradi. 55 detsibel - bu ko‘pmi yoki kammi?
  Yaproqlarning shitirlashi 10-15, yengil avtomobilning shovqini - 70, yuk mashinasining shovqini - 90 detsibelga teng.
  Ma’lumki, 30 detsibelga teng boigan shovqin uyquni buzishi mumkin, 65 detsibelga teng boigan shovqinda o'quvchilarning e’tibori susayadi, xatolar ko‘payadi va ko‘rish qobiliyati pasayadi.
  Ayrimlar shovqinni qabul qilish - har kimning sub’yektiv ishi deb o'ylaydi, kimlargadir shovqin yomon ta’sir ko‘rsatadi, boshqalarga esa atrofda shovqin bo Isa yoqadi. Darhaqiqat, kimlargadir baland zamonaviy musiqa yoqimli tuyuladi, boshqalarning asabiga tegadi. Musiqaning sub’yektiv qabul qilinishidan qat’i nazar, shovqin barcha kishilar uchun zararlidir va unga qarshi kurashish lozim.
  Shovqinga qarshi kurashish masalalari bilan gigiyenachilar, me’morlar, quruvchilar va boshqa ko‘plab mutaxassislar shug‘ullanadi.
Qurilishda shovqin to‘suvchi materiallar qoilanadi. Korxonalardagi dastgohlar shovqin yutuvchi moslamalar bilan ta’minlanadi. Mukammallashtirilgan texnik vositalar avtoulov dvigateli shovqinini kamaytiradi. Ко ‘chalar chetiga ekilgan daraxtlar shovqinni 10-20 detsibelga kamaytiradi.
Shuni tan olish kerakki, ma’muriy choralar va texnika taraqqiyoti tufayli erishilgan muvaffaqiyat shaharlardagi shovqinni kamaytirish borasida o‘z samarasini berdi. Ammo osudalikni saqlash uchun shaharliklarning har biri o‘z hissasini qo‘shishi kerak.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.