loading...

Xazonga hech qachon o’t qo’ymang! 

4198

  Kech kuzda shahar ko‘chalari, bog` va xiyobonlar xazonga to’ladi va odamlar ularni yig‘ib yoqishadi.
  Afsuski bu ishning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proqdir.
 Eslab ko‘raylik, barglar yoz bo‘yi o‘zlariga yo'ldagi chang, og‘ir metal va avtoulov gazlarini yig‘ib, shahar havosini tozalab tabiiy filtr sifatida ishlagan. Yoqilgan xazondan ko‘tarilayotgan tutun ushbu zaharli moddalami yana havoga ko‘taradi. Kuz shamoli esa ularni shahar bo‘ylab tarqatadi va salomatligimizga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
  Bundan tashqari, yaproqlarda tuproq uchun zarur bo'lgan organik moddalar bor, ularni yoqib yuborish bilan biz organik o‘g‘itlarning tabiiy almashuv jarayoni va tuproqning ustki qatlamini buzmoqdamiz. Unda xazonni nima qilish kerak?
  Xiyobon va bog‘lardagi xazonni yig‘ib, shamol uchirib ketmasligi uchun ustiga tuproq tortish kerak.
  Ko‘cha va yo‘laklardan yig‘ilgan xazonni chiritib, o‘g‘it sifatida yana yerga qaytarish kerak.
  Xazonga hech qachon o’t qo’ymang!

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.