Yer sayyorasining eng ko‘p chaqmoqlar kuzatiladigan hududlari
Venesuelaning Marakaybo ko‘li Janubiy Amerikadagi eng katta ko‘l hisoblanadi. Biroq uning asosiy rekordi uning maydoniga emas, osmoniga tegishlidir. Unda deyarli har tunda chaqmoq chaqnaydi. Sayyoraning boshqa hech bir burchagida undagi kabi tez-tez yashin chaqnamasligi taxmin qilinmoqda.
Ushbu fenomen uning topografik o‘ziga xosligi bilan bog‘liq deb hisoblanmoqda. Marakaybo ko‘li And tog‘laridan shimoldagi vodiyda joylashib, Venesuela ko‘rfaziga tutashib ketadi. Tog‘lardan esayotgan shamollar bu yerda dengiz shabadasi bilan to‘qnashadi, shuningdek, yuqori namlik deyarli har kuni tungi momaqaldiroqlarni keltirib chiqaradi.
Sayyoraning ana shunday qaynoq nuqtalari o‘nligiga quyidagi joylar kiritildi:
1-o‘rin: Marakaybo ko‘li, Venesuela
2-o‘rin: Kaxuzi-Biyega milliy bog‘i, Kongo Demokratik Respublikasi
3-o‘rin: Shabunda, Kongo Demokratik Respublikasi
4-o‘rin: Kaseres, Kolumbiya
5-o‘rin: Valikale, Kongo Demokratik Respublikasi
6-o‘rin: Daggar, Himolay
7-o‘rin: El-Tarra, Kamerun
8-o‘rin: Nguti, Kamerun
9-o‘rin: Butembo, Kongo Demokratik Respublikasi
10-o‘rin: Boende, Kongo Demokratik Respublikasi
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.