Q - harfiga oid izohli lug`atlar
Qavs - 1) zodiak zonasidagi yulduzlar turkumi; 2)
Shamsiya (quyosh) hisobidagi yilning to`qqizinchi oyi, 22-noyabrdan 21-dekabrgacha
davom etadi. Bu vaqtda Quyosh osmon sferasida Qavs yulduzlar turkumidan o`tadi.
Qayir, poyma - daryo, kanal va ko`llar bo`ylab cho`zilgan, suv ko`paygan
vaqtda suv bosib ketadigan pastak zaxob yerlar. Qayir larni, odatda, o`tlar,
to`qay o`simliklari qoplagan bo`ladi. Qayirlarda chuqurliklar - eski o`zanlar
ko`p bo`ladi. Qayirlarning kengligi daryo oqadigan joy reylefi xarakteriga qarab,
bir necha metrdan o`nlab km.gacha boradi. Tekislikda oquvchi katta daryolarning qayirlari
eni 40 km.gacha
yetadi.
Qayir tuproqlar - daryo yonlarining allyuvial yotqiziqlarida hosil bo'ladigan tuproqlar.
Qaynar - suvi pastdan yuqoriga ko`tarilib chiqadigan buloq -
qaynar buloq. Turkmanistonda balchiq vulkani ham qaynar deyiladi.
Qalay
rudalari - tarkibida qazib olish iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiq miqdorda qalay bo`lgan mineral birikmalar. Asosiy
minerallari: kassiterit - qalaytosh (tarkibida 78,8% gacha qalay bo`ladi),
stannin-qalay kolchedani (tarkibida 27,5% gacha qalay bor). Qalayli mineral juda
ko`p; 1-2% va undan ortiq qalay bo`lganlari qazib chiqariladi. Biroq,
tarkibida foizning 1/10, hatto 1/100 ulushi miqdorida qalay bo`lgan konlarni qazib
chiqarish ham rentabel hisoblanadi. Qalay rudalari boyitiladi. Qalay bilan
mis qotishmasi (bronza) qadimdan ma’lum. Qalay oksidlanmaydi. Qalay qalaylash
va qotishmalar (jumladan bosmaxona harflari) uchun ishlatiladi. Konlari: Uzoq Sharq,
Zabaykale, Qozog`iston, XXR, Malayziya, Indoneziya, Tayland, Boliviya, Nigeriya
va b.
Qanot - yer po`stining burmalangan qatlamlarida bukilgan joylar oralig`idagi
ozmi-ko`pmi tekis nishab qatlamlar.
Qantar (arabcha qantar
- yoy, ko`prik) - qishning yarmi, qantar
og`di - qish yarmidan o`tdi.
Qasaba(arabcha qasaba - shahar) - tarixiy manbalarda, jumladan
«Bobirnoma»da «posyolka», «shaharcha» ma’nosida ishlatilgan atama.
Qashqa - har yer-har yerida qor yoki muz ko`rinib
turadigan yalang`och qoyali tog` cho`qqisi; o`simlik qoplamagan to`zima qum, o`zani
toshloq tezoqar daryo va h.k. Masalan, qashqaqum, qashqatog`, qashqasuv. Nomlar
tarkibida ham bor: Qashqadaryo, Qashqasuv.
Qizil temirtosh - tarkibida temir ko`p mineral.
Qizil tuproqlar -
sernam subtropik va tropik mamlakatlarda aksari temirga boy ona jinslar ustida hosil
bo`ladigan tuproqlar. Xitoyning
markaziy va janubi-sharqiy hududlarida, Vyetnam, Yaponiyada, AQSh, Braziliya,
Urugvayda, Afrikada, Fransiyaning janubida, Italiya, Ispaniya, Qora dengizning sharqiy
sohilida (Gruziya) va Kaspiy dengizining janubi-g`arbiy sohili (Ozarbayjon)da
uchraydi. Ustki qatlamida 10% gacha
chirindisi bo`ladi. Qizil tuproqlarda choy, tamaki, tok, sitrus ekinlar va
boshqalar ekiladi.
Qilamiq -
daryo, kanal, ariq chetlarida sovuqdan
suvning muzlab qolishi hodisasi. Qilamiq juda ham yupqa bo`ladi. Suv yuzasiga
tushgan qor erib ketmay ham qilamiq hozil qiladi. Bunday qilamiq qor qilamiq
deyiladi. Suvning muzlashidan muz qilamig`i hosil bo`ladi.
Qir - usti yassi yoki salgina gumbazsimon
balandliklar, tepaliklar, platolar, yassi past tog`lar. Masalan, O`rta Rossiya qirlari,
Volgabo`yi qirlari, Qoplonqir va h.k. Qoraqum va Qizilqumdagi qoldiq platolar,
usti yassi past tog`lar sam qir deyiladi. Qirlar baland tekisliklar,
tog`larning oqar suvlar, shamol yemirishidan, tektonik ko`tarilishlar
natijasida hosil bo`ladi. Qir - yer yuzasini tevarak atrofdagi joylarga nisbatan baland- roq ko'tarilib turadigan bir qismi.
Qirg`oq -
dengiz, ko`l, daryo, suv omborlari chekkasida suv bilan tutashib turadigan
kambar joy. Qirg`oqda doimiy ravishda suv bevosita ta’sir ko`rsatib turadi.
Qirg`oq yoni muzi - dengizning
qirg`og`i bo`yida hosil bo`lgan muz. Ko`pincha
qirg`oq yoni sayozliklarida hosil bo`ladi. Kengligi o`nlab, hatto yuzlab
kilometrga yetishi mumkin.
Qirg`oq chizig`i -
suv yuzasi bilan quruqlik chegarasi.
Qisnoq -
daryo o`zani toraygan joy, bo`g`oz joy. Daryo o`zanining chuqurlatish
eroziyasi kuchli bo`lgan qismlarida hosil bo`ladi.
Qit’a -
Yer sharidagi quruqlikning katta qismi. Qit`aga materik yoki materik qismi
bilan bir qatorda yon-veridagi orollar ham kiradi. Yer sharida 6 ta qit`a bor:
Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Amerika, Antarktida. Tinch okeanning
Amerika, Avstraliya va Osiyodan uzoqdagi orollari «orolli» qit`a hisoblanadi
va Okeaniya deb ataladi.
Qishloq (qishlov,
qishda turiladigan joy) - aholi o`troq yashaydigan punkt; geografik nom
tarkibida ham uchraydi: Mang`ishloq yarim oroli.
Qishloq aholisi - qishloq
joylarda yashaydigan aholi; qishloqlarda yashab, qishloq xo`jaligi bilan bog`liq
bo`lmagan sohada, ko`pincha yon-veridagi
shaharda ishlaydigan kishilar ham qishloq aholisi hisoblanadi.
Qishloq xo`jalik aholisi - qishloq xo`jaligida
band bo`lgan aholi.
Qovoq - daryo
va ko`llarning baland qirg`og`i, jarlik, baland terrasa. Joy nomlari tarkibida
ham bor: Oqqovoq, Qovoqtov.
Qolgan o`zan,
qolgan daryo -
daryoning oldingi o`zanidan butunlay yoki qisman ajralib qolgan qismi. Daryo o`zaniga otqiziqlar tiqilib qolishi yoki daryoning
boshqa tomonga burilib ketishi natijasida hosil bo`ladi. Dastlab kichikroq ko`l
bo`ladi, keyin oqiziqlar to`lib botqoqlikka va zaxkash o`tloqqa aylanadi.
Qoldiq tog` - qadimda baland o`lkaning yemirilishidan qolgan va
qattiq
tog` jinslaridan
tuzilgan yakka-yakka balandliklar. Nurash qoldiq tog`lari, supa qoldiq tog`lar, yuvilma qoldiq
tog`lar bo`ladi.
Qopchig`ay - tog`lardagi
daryo oqib o`tuvchi chuqur, tog`, dara; ohaktoshdan tuzilgan tizmalarni
daryolar ko`ndalangiga kesib o`tgan daralar odatda shunday bo`ladi. Masalan,
Boysun soyligidan Surxondaryo vodiysigacha o`tuvchi Oqqopchig`ay darasi.
Qor chizig`i - tog`lardagi
shunday chegaraki, undan balandda qor erimasdan firnga aylanadi. Qor chizig`i
balandligi joyning geografik kengligi, iqlimi, yog`in miqdori, yon bag`ir ekspoziqiyasiga
bog`liq. Qor chizig`i ekvator yaqinidagi tog`larda 5000 m, Novaya
Zemlya orolida 600 m, Antarktidada okean sathi bilan baravar. Qor chizig`i – qor yig`iladigan va muzlik hosil bo`ladigan balandlik (tog`)ning quyi chegarasi.
Qora metallurgiya -
sanoatning cho`yan, po`lat, ferrotqotishmalar, prokat, truba va boshqa metall
buyumlar ishlab chiqariladigan tarmog`i. Qora metallurgiya ketma-ket bir necha jarayondan
iborat: ruda qazib chiqarish, domna (cho`yan eritib olish), marten (po`lat
eritib olish), prokat (po`latdan balkalar, relslar, simlar yasash). Cho`yan
eritib olish uchun domna pechiga temir rudasi bilan birga yoqilg`i (koks yoki
yog`och ko`mir) va flyus solinadi. Po`lat maxsus xossalarga ega bo`lishi uchun
eritayotganda boshqa metallar qo`shiladi. Hozirgi zamon metallurgiya korxonalari domna, po`lat
eritish, prokat sexlaridan, koks ishlab chiqarish va koks gazlarini ishlatuvchi
korxonalardan iborat. Domna pechlari bo`lmagan, temir-tersak va tayyor cho`yandan
po`lat ishlab chiqaradigan korxonalar qayta
eritish metallurgiyasi
deyiladi. Mashinasozlik zavodlari qaramog`ida
bo`lgan va kerakli sortda po`lat, cho`yan quyadigan metallurgiya sexlari kyenjametallurgiya
deyiladi. Keyingi vaqtda elektrometallurgiya, ya’ni elektr pechlarda po`lat eritish
taraqqiy etmoqda (masalan, Bekobod metallurgiya zavodi elektr pech bilan
ishlamoqda).
Qora tuproq -
deyarli qora rangdagi unumdor, donador strukturali tuproq. Ustki qatlamida 12% chirindi bor. Lyoss, lyossimon gil va qumoqlar
ustida paydo bo`lgan. Dasht va o`rmonli dasht zonalarida tarqalgan: G`arbiy va Janubi-Sharqiy Yevropada, Osiyoda Mongoliya
va Xitoyda, Shimoliy Amerikada AQSh G`arbida, Kanadaning janubida, Janubiy
Amerikada -
Argentina va Chilining janubida, Karpat tog`laridan Oltoygacha keng
polosa bo`ylab joylashgan. Qora tuproq yerlarda bug`doy, qand lavlagi, kungaboqar,
konoplya, zig`ir, grechixa, loviya ekiladi, chorvachilik, mevachilik,
sabzavotchilik rivojlangan.
Qora dovul - chang-to`zon bo`roni, yomg`irsiz qattiq shamol. Ko`pincha yozda va kuzda esadi. Bahor yomg`irsiz quruq kelganda ham
bo`ladi.
Qora suv – tog` etaklarida, vodiylarda yer osti
suvlaridan to`yinadigan soy, daryolar. Suvi tiniq. Ba’zan minerallashgan bo`ladi.
Ba’zan zahob, to`qaylardan oqib chiqadi. Suv sarfi fasllarga qarab uncha ko`p o`zgarmaydi.
O`rta Osiyoda uncha ko`p emas. Zarafshon, Farg`ona vodiylarida bor. Tashlama
va zovur suvlari ham qora suv deb yuritiladi. Turkiyada buloq suvlari qora suv
deyiladi.
Qoratog` - yozda ustida qor turmaydigan past tog`lar. Landshafti
asosan chala cho`l, tog`-dasht landshaftlaridan iborat bo`ladi. Daryolari kam,
borlari ham kam suv, ko`pchiligi yozda qurib qoladi. Vaqtli suvlar oqadigan quruq
soylar ko`proq uchraydi. O`rta Osiyoda shu nomdagi tog`lar juda ko`p. Qora
tusli jinslar - slanetslardan tashkil topgan tog`lar ham shu nom bilan
yuritiladi.
Qoraxarsang - Qoraqum
cho`lida gryada
qumlari orasidagi cho`l yo`sini bilan qoplangan botiq, soylik.
Qoraqum - ustini o`simlik qoplab yotadigan, mustahkamlangan qumlar.
Qorliq -
oftob va shamol tegmaydigan joylarda issiq paytlarda ham erimay yotadigan qor
va muzlar to`plami.
Qoqlar - O`rta
Osiyo cho`llaridagi taqirlarda uchraydigan tabiiy sayoz botiqlar. Qoqda bahorgi
yog`ingarchilik vaqtida suv bo`ladi. Yoz kelishi bilan suv qurib, yer yuzasi tuz qatlami bilan qoplangan taqirga
aylanadi. Turkmanistonda gil jinslar tarqalgan
joylarda bahorgi yomg`ir suvini to`plash
uchun quriladigan hovuzchalar ham qoqlar deyiladi. Bunday hovuzchalar diametri
2-3 m, chuqurligi
1 m
atrofida bo`ladi. Suvdan chorva mollarini sug`orishda vaqtincha foydalaniladi.
Qoya - ko`pincha uchi o`tkir, qattiq tub tog` jinsidan
tuzilgan balandlik. Turkiy xalqlar yashaydigan o`lkalarda joy nomlari
tarkibida ham ko`p uchraydi: Qizilqoya dovoni (Qirg`izistonda), Ko`kqoya tog`i (Pomirda), Qoyakent
(Dog`istonda) va h.k.
Quyosh - Quyosh sistemasidagi markaziy jism,
Yerga eng yaqin yulduz (o`rtacha masofasi 149,6 mln.km), gazlardan
iborat shar shaklidagi o`ta qizigan osmon jismi. Massasi Yer massasidan 332400
marta, diametri Yer diametridan 109 marta katta. O`z o`qi atrofida 25 yer yer
sutkasida bir marta aylanadi. Yuzasida harorat +6000°; ichida esa 15 mln. darajaga
yetadi. Quyosh energiyasining 2
mlrd. dan bir qismigina Yerga yetib keladi. Quyoshning issiqlik tarqatadigan
yuza qatlami fotosfera
deyiladi. Fotosfera ustida siyrak gazlardan iborat ikkita qalin qatlam - xromosfera va toj joylashgan; ultrabinafsha va radio
nurlar ana shu ikki qatlamdan chiqadi.
Quyosh radiatsiyasi (lotincha radiatsio - nur sochish) - Quyoshdan
yorug`lik chiqishi, elektromagnit to`lqinlarining 300000 km/sek
tezlikda tarqalishi. Quyosh radiatsiyasi Yerdagi barcha jarayonlar uchun
energiyaning asosiy manbaidir. Yer yuzasiga Quyosh radiatsiyasining hammasi ham
yetib kelmaydi, bir qismini bulutlar qaytaradi, bir qismi issiqlikka aylanib
yutiladi, bir qismi tarqalib, tarqoq Quyosh radiatsiyasiga aylanadi. Yer
yuzasiga yetib kelgan Quyosh radiatsiyasi qisman yer yuzasidan qaytadi, qisman tuproqning va suvning ustki qatlamlarini isitib, yutiladi.
Quyosh sistemasi - Quyosh, 8 planeta (Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturi,
Uran, Neptun) va ularning yuldoshlaridan iborat osmon jismlari sistemasi. Quyosh
sistemasida bundan tashqari bir necha o`n ming kichik planeta (asteroid), ko`pdan-ko`p
kometa va mayda meteor jismlar bor. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar Quyosh atrofida, barcha planetalar
yana o`z o`qi atrofida aylanadi. Quyosh sistemasi juda katta yulduzlar sistemasidan
iborat Galaktika tarkibiga kiradi.
Quyosh turishi - Quyosh markazi ekliptikaning 23°27'
og`ishgan eng shimoliy nuqtasidan (21- yoki 22-iyun - yozgi Quyosh turish
turishi) yoyinki eng janubiy nuqtasidan (21- yoki 22-dekabr - qishki Quyosh
turishi) o`tgan payt. Quyosh turishida Quyosh
juda sekin og`ishadi, chunki bu joyda Quyosh
ekliptika bo`ylab ekvatorga deyarli
parallel harakat qiladi. Shuning uchun ham bir necha kun davomida Quyoshning tush paytidagi balandligi
deyarli o`zgarmaydi. (Quyosh turishi atamasi ham ana shundan kelib chiqqan).
Quyosh toji - quyoshning tashqi, eng ko'p cho'zilgan qatlami.
Quyg`in - ekin sug`orilganda oqova suv tashlab
yuboriladigan joy. Amudaryo etagida qo`llaniladigan atama.
Qum - kattaligi 0,01 mm dan 2 mm gacha bo`lgan qirrali yoki yumaloq (silliqlangan)
zarra toshlardan iborat bo`shoq cho`kindi tog` jinsi. Qumlar zarralarining
katta-kichikligiga qarab, 1) donalari 1-2 mm bo`lgan dag`al qum; 2) donalari 0,5-1 mm bo`lgan
yirik qum; 3) donalari 0,25-5 mm li o`rta donali qum va 4) zarralari 0,01 -0,25 mm bo`lgan
mayda qumlarga bo`linadi. Qum hosil bo`lishiga qarab yana dengiz, daryo, ko`l, cho`l,
muzlik qumlariga bo`linadi. Qum tarkibida minerallardan kvars ko`p bo`ladi,
undan tashqari tog` shpati, gilli slanets va boshqa minerallarning zarralari
uchraydi. Qumlardan qurilish materiali, sanoat xom ashyosi sifatida
foydalaniladi. Qum tarkibida ba’zan qimmatbaho rudalarning sochilmalari uchraydi. Qum - cho'kindi tog` jinsi; bir- biri bilan birlashmagan mayda (0,1-1 mm atrofidagi) zarrachalardan iborat.
Qum tili, qumtil - bir uchi dengiz yoki ko`l qirg`og`iga tutashgan va qum,
shag`al, chig`anoqdan tuzilgan kambar quruqlik. To`lqin olib kelgan oqiziqlardan
paydo bo`ladi. Qum tili - suv oqizib keltirgan qum, shag'al, gil, mayda tosh, chig'anoqlardan tashkil topgan, bir tomoni bilan dengiz yoki ko'l qirg'og' iga tutashgan past kambar quruqlik.
Qumloq tuproq- qum va 10-30% gil zarralardan tarkib topgan qo`ng`ir yoki sarg`ish - qizil
rangdagi tog` jinsi, tarkibida gil kamroq bo`lsa,
yengil quml tuproq, kamroq bo`lsa o`g`ir
qumloq tuproq deyiladi. G`isht, cherepitsa va boshqalar tayyorlashda
ishlatiladi.
Qumoq, qumoq
tuproq - qum va 3-10% gil zarralardan tarkib topgan cho`kindi
tog` jinsi.
Tarkibida gil ko`proq bo`lsa og`ir,
qum ko`proq bo`lsa yengil qumoq
deyiladi. Qumoq tuproqli yerlar
yengil va binobarin, javdar, tariq,
kartoshka va poliz ekinlari ekish uchun yaroqli bo`ladi.
Qumtosh - sementlangan qum donalaridan iborat cho`kindi tog` jinsi (gil, ohak,
temir oksidi va boshqa sementlovchi modda bo`lib xizmat qiladi). Qumtoshdan
tegirmontosh, sayroq, qurilish materiallari sifatida foydalaniladi. Qumtosh - cho'kindi tog' jinsi. Gil, karbonat, kremniy, ohak, fosfat, temir kabi moddalar yordamida jipslashgan qum zarrachalaridan tashkil topgan.
Qumtog` - qum do`nglari: Taklamakon cho`lida gryada qumlari
shunday deb yuritiladi.
Quvur - ariq, qor va yomg'ir suvlarini avtomobil yo'llarini, temir yo'llarni bir tomonidan ikkinchi tomoniga o'tkazadigan tuynuk.
Qurumlar - tog`larning yon bag`irlaridagi va yassi
tepaliklardagi yalang tosh uyumlari va sochilmalar. Qurumlar qattiq tog` jinslarining
fizik nurashidan hosil bo`ladi. Ular og`irlik kuchi va suvning toshlar orasida
muzlab, yana erishi natijasida tog` yonbag`irlari bo`ylab pastga surilib turadi. Tog`larda
qurumlar yurish uchun juda xavfli bo`ladi, salga surilib, tosh oqimlarini hosil
qiladi.
Qurg`oqchilik - havo isib ketib uzoq vaqtgacha yog`in
yormasligi. Qurg`oqchilik paytida havoda namlik kamayadi, tuproq qaqrab, ekinlar kam hozil beradi yoki butunlay qurib qoladi. Quyi Volgabo`yi,
Qozog`iston, O`rta Osiyoda qurg`oqchilik bo`lib turadi. Qurg`oqchilikka
qarshi kurashish uchun dalalarda qor to`plash, yerni chuqur haydash, ihota
daraxtzorlari bunyod etish, dalalarni sug`orish va boshqa tadbirlarni amalga
oshirish kerak.
Qutbiy
asimmetriya qonuniyati - Yer shari
tabiatining shimoliy va janubiy yarim sharlarda bir-biridan farq qilishini aks ettiruvchi qonuniyat.
Shimoliy yarim shar janubiy yarim shardan quruqlik va dengizlarning taqsimlanishi
(hamda nisbati), iqlimi, geografik qobiqning strukturasi, muzlik shakllari,
geologik tarixi, biogeografik xususiyatlari va h.k. larga ko`ra farq qiladi. Hatto, Shimoliy va Janubiy
qutblar ham bir-biridan farq qiladi:
shakliga ko`ra Shimoliy qutb qabariq
(bo`rtib chiqqan), Janubiy qutb esa botiq; Shimoliy qutb - dengiz muzlari
bilan, Janubiy qutb esa materik muzliklari bilan qoplangan. Arktikadan farqli ularoq, Antarktidada emizuvchi hayvonlar,
naychali o`simliklar, Arktikaga xos yirik qushlar - chistik va gagalar yo`q.
Shimoliy yarim sharda pingvin, lama, kondor kabi hayvonlar, araukariya o`rmonlari
uchramaydi va h.k. Qutbiy assimetrik qonuniyatni 1963-yil akademik K.K. Markov
keng asoslab bergan.
Qutbiy doiralar- ekvatordan 66°33' shimoldan va
janubdan o`tgan parallellar. Shimoliy
yarim sharda qishki Quyosh turishi kuni (21- yoki 22-dekabr) da qutbiy doiradan
shimolda Quyosh chiqmaydi, yozgi Quyosh turishi kuni (21-yoki 22-iyun) da Quyosh
botmaydi. Janubiy yarim sharda esa buning aksi bo`ladi. Quyosh chiqmaydigan
kunlar soni ekvatordan Qutbga tomon orta boradi va qutbda
kun bilan tun yarim yildan davom etadi.
Qutbiy iqlim - abadiy sovuq iqlim, hatto yozda ham harorat kamdan-kam
0° yuqori bo`ladi. Qor va muz bilan qoplangan Shimoliy Muz okeani va undagi
orollar, Grenlandiya, shuningdek Antarktida uchun xarakterlidir.
Qutbiy sho’lalar,
qutbiy
yog`dular - 900-1000 km balandlikda atomlar bilan molekulalarning kosmosdan
atmosferaga kirib kelgan katta energiya zaryadli zarralar (elektron va
protonlar) bilan o`zaro ta’sirida atmosfera yuqori qatlamlarining yorug`lik chiqarishi. Qutbiy sho`lalar turganda
kechasi osmonda havo-rang oqish, sarg`ish-yashil, ba’zan sarg`ish yoki binafsha
nurlar yoy, polosa, to`lqin kabi xilma-xil shakllarda tovlanadi. Qutbiy
sho`lalar qutbiy o`lkalardan tashqari ba’zan o`rtacha kengliklarda ham
kuzatiladi.
Qutb yog`dusi - yer atmosferasining 900-1000 km balandligidagi siyrak qatlamlar atom va molekulalarining koinotdan katta tezlik bilan kelayotgan zaryadli zarralar bilan to'qnashishi tufayli yorug'lanishi.
Qutblar, geografik qutblar - Yer aylanish o`qi yer yuzasi bilan kesishgan nuqtalar.
Yer sharidagi barcha meridianlar qutblarda birlashadi. Qutb yulduziga qaragan qutblar
Shimoliy, teskari tomondagisi Janubiy qutb deyiladi. Shimoliy qutb Shimoliy Muz
okeani o`rtasida, Janubiy qutb Antarktidaning Tinch okeanga yaqin qismida.
Qushlar
bozori - kayra, chayka, lyurik kabi
dengiz qushlari gala-gala bo`lib tik qoyalarga uya qo`ygan joylar. Yevropa,
Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, Yangi Zelandiya qirg`oqlarida,
Janubiy yarim shardagi okean orollarida, MDHda esa Novaya Zemlya, Frans-Iosif
Yeri orollarida uchraydi. Ba’zi bir qushlar bozori o`nlarcha km ga cho`ziladi
va bir necha yuz ming qushdan iborat bo`ladi. Qushlar bozoridan tuxum, pat,
par, Chili bilan Peruda parranda gungi - guano olinadi.
Quyu - cho`llardagi kichik quduq. Joy, quduqlar
nomlari tarkibida ko`p uchraydi. Masalan, Qoraqumdagi Islomquyu, Qoziqquyu va
b.
Quyun - atmosferada vujudga keladigan kuchli uyurma
shamol. Ko`pincha momaqaldiroqli
bulutlarda hosil bo`ladi. Eni dengiz ustida bir necha o`n m, quruqlikda
bir necha yuz m, balandligi 800- 1500 m bo`lishi mumkin. Qyunda havo odatda soat strelkasiga teskari
aylanadi, ayni vaqtda spiral kabi yuqoriga ko`tarilib, chang yoki suvni o`ziga tortadi.
Sekundiga 50-100 m tezlik bilan aylanadi, yer yuzasi bo`ylab sekundiga
10-20 m
tezlikda harakat qiladi va 40-60 km gacha davom etadi. Quyun tromb, AQShda tornado
deb ataladi.
Qo`ypeshonalar, qo`chqortumshuqlar -
muzliklar tekislagan va silliqlangan qoyalar. Muzliklar orasida muzlab qolgan tog jinslari parchalarining
tirnagan izlari ko`rinadi. Qo`ytumshuqlar qadimgi muzlik hududlari (Finlyandiya,
Kola yarim oroli, Kareliya) da ko`p uchraydi.
Qo`ychilik - chorvachilikning bir tarmog`i; qo`ylar go`shti va juni uchun boqiladi. Dag`al junli qo`ylar (asosan hisori, jaydari va boshqa zotlar) junidan movut, piyma etik, kigiz va b.; uy-ro`zg`or jihozlari, mayin junli qo`ylar (merinos va b.) junidan qimmatli jun gazlamalar tayyorlanadi. Ba’zi bir qo`y zotlaridan pishiq, issiq po`stin ishlanadi. Qorako`l qo`ylarning terisidan shuba, telpak, yoqa qilinadi.
Qo`ytosh – granit tog` jinsi tarqalgan joyda yer yuzasida sochilib yotadigan silliqlangan granit toshlar. Haroratning keskin o`zgarishi, oqin suv va shamol ta’sirida yumaloq, chuziq shaklga ega bo`lib, dam olib yotgan qo`lar podasini eslatadi. Joy nomi sifatida ham qo`llaniladi. Masalan, Nurota tizmasidagi Qo`ytosh.
Qo`l– asosiy tog`, katta vodiy, bosh jar, soydan turli tomonga ajrab chiqqn ikkinchi darajadagi tizma, soy, dara, jarcha. Ba’zan geografik nomlar tarkibida uchraydi.
Qo`ltiq- okean, dengiz va ko`llarning quruqlik ichkarisiga kirib turgan qismi. Ba’zi joylarda okeanlarning dengizlarga xos xususiyatlar, gidrologik rejimga ega bo`lgan qismlari ham qo`ltiq deb yuritilgan. Masalan, Bengaliya qo`ltig`i, Fors qo`ltig`i, Meksika qo`lltig`i va h.k.
Qo`ng`ir ko`mir - sifati pastroq ko`mir. Tarkibida 55-78% uglerod bor. Cho`kindi jinslar orasida qatlamlar holida yotadi. O`simlik qoldiqlaridan hosil bo`lgan qo`ng`irk o`mir gil moddalar aralashmasi tufayli serko`l bo`ladi. Issiqlik berish qobiliyati 5-6 ming kkal/kg. yoqilg`i sifatida ishlatiladi; Qo`ng`irk o`mirdan suyuq yonilg`i, yonuvchi gaz va boshqa kimyoviy mahsulotlar ham olinadi.
Qo`ng`ir cho`l - dasht tuproqlari-och qo`ng`ir tuproqlar; tarkibida chirindi kam (2% ga yaqin); tarkibida tuzlar ko`p. Qo`ng`ir cho`l-dasht tuproqlari uchraydigan yerlardan asosan yaylov sifatida, sug`orilganda esa - dehqonchilikda foydalaniladi. Qo`ng`ir cho`l-dasht tuproqlari Kaspiybo`yi pasttekisligida va undan sharq tomondagi yerlarda tarqalgan.
Qo`ng`ir o`rmon tuproqlar – qo`ng`ir rang, chirindisi kam (3-7%) tuproqlar. Qo`ng`ir o`rmon tuproqlar - asosan aralash o`rmonlar (qora qayin, qora qayin-qaragay o`rmonlari tarqalgan joylarda, Karpat tog`lari, Qrim va Kavkaz tog`lari, Uzoq Sharqning janubida uchraydi.
Qo`ng`ir temirtosh, limonit - tarkibida gil va boshqa moddalar aralash temir bo`lgan bir qancha minerallar aralashmasi. Qo`ng`ir temirtosh keng tarqalgan temir rudalaridan biri. Rangi qo`ng`ir, sariq-qo`ng`ir va qora. Cho`kindi jinslarda uchraydi, tarkibida temir 30% dan kam bo`lmagan qong`ir temirtosh rudalari sanoat ahamiyatiga ega bo`ladi.
Qo`riq yerlar - dehqonchilikda foydalanish mumkin bo`lgan, ya’ni haydab, turli ekinlar yetishtirish mumkin bo`lgan, biroq, hali o`zlashtirilmagan yoki endigina o`zlashtirilayotgan yerlar.
Qo`riqxona- tabiat kompleksining bir qismi - hayvonlar, o`simliklar, foydali qazilma, noyob reylef shakllari qonun asosida muhofaza qilinadigan joy. Qo`riqxonalar vaqtli yoki doimiy bo`lishi mumkin. Ko`pchilik qo`riqxonalarda ov hayvonlari muhofaza qilinadi va ko`paytiriladi. U yerdagi hayvonlar soni boshqarib turiladi.
Qo`ychilik - chorvachilikning bir tarmog`i; qo`ylar go`shti va juni uchun boqiladi. Dag`al junli qo`ylar (asosan hisori, jaydari va boshqa zotlar) junidan movut, piyma etik, kigiz va b.; uy-ro`zg`or jihozlari, mayin junli qo`ylar (merinos va b.) junidan qimmatli jun gazlamalar tayyorlanadi. Ba’zi bir qo`y zotlaridan pishiq, issiq po`stin ishlanadi. Qorako`l qo`ylarning terisidan shuba, telpak, yoqa qilinadi.
Qo`ytosh – granit tog` jinsi tarqalgan joyda yer yuzasida sochilib yotadigan silliqlangan granit toshlar. Haroratning keskin o`zgarishi, oqin suv va shamol ta’sirida yumaloq, chuziq shaklga ega bo`lib, dam olib yotgan qo`lar podasini eslatadi. Joy nomi sifatida ham qo`llaniladi. Masalan, Nurota tizmasidagi Qo`ytosh.
Qo`l– asosiy tog`, katta vodiy, bosh jar, soydan turli tomonga ajrab chiqqn ikkinchi darajadagi tizma, soy, dara, jarcha. Ba’zan geografik nomlar tarkibida uchraydi.
Qo`ltiq- okean, dengiz va ko`llarning quruqlik ichkarisiga kirib turgan qismi. Ba’zi joylarda okeanlarning dengizlarga xos xususiyatlar, gidrologik rejimga ega bo`lgan qismlari ham qo`ltiq deb yuritilgan. Masalan, Bengaliya qo`ltig`i, Fors qo`ltig`i, Meksika qo`lltig`i va h.k.
Qo`ng`ir ko`mir - sifati pastroq ko`mir. Tarkibida 55-78% uglerod bor. Cho`kindi jinslar orasida qatlamlar holida yotadi. O`simlik qoldiqlaridan hosil bo`lgan qo`ng`irk o`mir gil moddalar aralashmasi tufayli serko`l bo`ladi. Issiqlik berish qobiliyati 5-6 ming kkal/kg. yoqilg`i sifatida ishlatiladi; Qo`ng`irk o`mirdan suyuq yonilg`i, yonuvchi gaz va boshqa kimyoviy mahsulotlar ham olinadi.
Qo`ng`ir cho`l - dasht tuproqlari-och qo`ng`ir tuproqlar; tarkibida chirindi kam (2% ga yaqin); tarkibida tuzlar ko`p. Qo`ng`ir cho`l-dasht tuproqlari uchraydigan yerlardan asosan yaylov sifatida, sug`orilganda esa - dehqonchilikda foydalaniladi. Qo`ng`ir cho`l-dasht tuproqlari Kaspiybo`yi pasttekisligida va undan sharq tomondagi yerlarda tarqalgan.
Qo`ng`ir o`rmon tuproqlar – qo`ng`ir rang, chirindisi kam (3-7%) tuproqlar. Qo`ng`ir o`rmon tuproqlar - asosan aralash o`rmonlar (qora qayin, qora qayin-qaragay o`rmonlari tarqalgan joylarda, Karpat tog`lari, Qrim va Kavkaz tog`lari, Uzoq Sharqning janubida uchraydi.
Qo`ng`ir temirtosh, limonit - tarkibida gil va boshqa moddalar aralash temir bo`lgan bir qancha minerallar aralashmasi. Qo`ng`ir temirtosh keng tarqalgan temir rudalaridan biri. Rangi qo`ng`ir, sariq-qo`ng`ir va qora. Cho`kindi jinslarda uchraydi, tarkibida temir 30% dan kam bo`lmagan qong`ir temirtosh rudalari sanoat ahamiyatiga ega bo`ladi.
Qo`riq yerlar - dehqonchilikda foydalanish mumkin bo`lgan, ya’ni haydab, turli ekinlar yetishtirish mumkin bo`lgan, biroq, hali o`zlashtirilmagan yoki endigina o`zlashtirilayotgan yerlar.
Qo`riqxona- tabiat kompleksining bir qismi - hayvonlar, o`simliklar, foydali qazilma, noyob reylef shakllari qonun asosida muhofaza qilinadigan joy. Qo`riqxonalar vaqtli yoki doimiy bo`lishi mumkin. Ko`pchilik qo`riqxonalarda ov hayvonlari muhofaza qilinadi va ko`paytiriladi. U yerdagi hayvonlar soni boshqarib turiladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.