V - harfiga oid izohli lug`atlar
Valunlar - muzlik qadimda keltirib tashlangan g`o`la
toshlar. Ko`pincha salgina silliqlangan, tirnalgan bo`ladi. Yevropaning va Shimoliy
Amerikaning shimoliy va o`rta qismlarida ko`p uchraydi. Ba’zilari katta bo`lib,
diametri 10 m ga yetishi va undan ham ortishi mumkin. O`rta Osiyoda
tog`larning baland yerlarida uchraydi. Valunlar qishloq xo`jaligi ishlariga
xalaqit beradi.
Venera, Zuhra - Yerga eng yaqin
planeta; diametri 12400 km, Quyoshdan
108 mln. km, Quyosh atrofini 224
sutka 16 soat 49 minutda bir marta aylanib chishadi.
Venera bilan Yerning Quyosh atrofida harakat
qilishi jarayonida Yer bilan Venera orasida masofa 40 mln. km dan 260 mln. km
gacha o`zgarib turadi. O`z o`qi atrofini 13 yer sutkasida aylanib chiqadi.
1961-yildan boshlab rus va Amerika planetalararo avtomat stansiyalari yordamida
Venera to`g`risida yangi ma’lu- motlar to`plandi. Venerada magnit maydoni va
radiatsiya poyaslari yo`q. Venera atmosferasi deyarli butunlay karbonat
angidriddan iborat, suv bug`i deyarli yo`q. Venera yuzasida harorat 280 daraja,
bosim 15-22 atmosfera.
Vegetatsiya davri - 1) yilning o`simlik o`sishi va rivojlanishi uchun qulay davri. Mo’tadil
iqlimli hududlarda vegetatsiya davri bahorning oxirgi sovuq kunidan kuzda tushadigan
birinchi qora sovuq o`rtasidagi vaqtga to`g`ri keladi, tropik va subtropik iqlimga
ega bo`lgan yerlarda esa bu davr yilning deyarli hamma faslini o`z ichiga
oladi; 2) biologiyada bir va ikki yillik o`simliklarda urug`ning o`nishidan o`simlik
umrining tugashigacha yoki ko`p yillik o`simliklarda erta bahorda o`ygonishdan,
qishda «uyqu»ga kirishgacha bo`lgan davr. Sovuqqa chidamliligi turlicha bo`lgan
o`simliklarda vegetatsiya davri bir joyning o`zida har xil: issiqsevar o`simliklarda
qisqa, sovuqda chidamli o`simliklarda uzun bo`lishi mumkin. Vegetatsiya davri
ketma-ket o`tuvchi bir qator fazalarga bo`linadi: g`o`zada - shonalash,
gullash, ko`sak tugish va ochilish, g`alla o`simliklarida to`planish
(chaylash), boshoq tortish, gullash, sut (dumbul) pishish va to`liq pishish
fazalari. O`simliklarda vegetatsiya davrining uzun-qisqaligini hisobga olib,
sovuq erta tushadigan shimoliy hududlarda ertapishar navlar, sovuq kech tushadigan
janubiy hududlarda kechpishar navlar ekiladi. Vegetatsiya davri tashqi sharoitga
va navning irsiy xususiyatlariga ham bog`liq. Bir sharoitda ertapishar deb hisoblangan
nav ikkinchi bir sharoitda kechpishar bo`lishi mumkin. Masalan, o`rtacha uzun
tolali g`o`zalarning vegetatsiya davri shimoliy hududlarda qisqa (110-130
kun), janubiy hududlarda uzun (120-150 kun) bo`ladi.
Vertikal zonallik – tog`li hududlarda iqlim, tuproq, o`simlik
va hayvonlarning balandlikka qarab sekin-asta almashinishi. Balandlik oshgan
sari harorat pasayadi, yog`in miqdori o`zgaradi, qor chizig`i (chegarasi)dan yuqorida
tog`larda faqat qop va muz to`planadi. Bu o`zgarishlar tog`li hududlarda turli
mintaqalarni ajratishga imkon beradi.
Vest (nemischa) – g`arb. Qisqartirilib
W harfi bilan yoziladi.
Vest-Indiya (inglizcha G`arbiy Hindiston)
- Atlantika okeanida, Shimoliy va Janubiy Amerika orasida joylashgan
orollarning umumiy nomi. X.Kolumb bu yerlarni Hindiston deb o`ylagan; keyinchalik
bu yerlar Hindiston emasligi aniqlangandan so`ng bu nomga «G`arbiy» so`zi qo`shilgan.
Villi-villi - Avstraliyada chang-to`zonni
ko`tarib ketadigan kuchli girdob shamol - quyun. Markaziy Avstraliyada tez-tez bo`lib
turadi.
Vodiy - uzun cho`zilgan, bir tomoni ochiq va shu tomonga nishab hamda chuqur relyef shakli. Vodiy - oqar suvlarning yuvib ketishidan vujudga kelgan uzunasiga cho`zilgan
egri-bugri soylik. Vodiylar shakliga ko`ra, dara, kan’on, tangi, qopchig`ay
kabi turlarga bo`linadi. Vodiylarning yon bag`irlarida terrasalar bo`ladi. Tektonik
cho`kish natijasida paydo bo`lgan ba’zi bir botiqlar ham vodiy deyiladi. O`rta
Osiyodagi Oloy, Farg`ona vodiylari, Shimoliy Amerikadagi Kaliforniyadiysi ana
shunday botiqlardir. Bunday vodiylarda aholi zich yashaydi.
Vodiy muzligi – to`g`li o`lkalar muzliklarining bir turi. Tog` tepasi, yon bag`irlaridagi qor muzga aylanib
vodiylarga oqib tushishidan hosil bo`ladi. O`rta Osiyo tog`larida ko`p
uchraydigan muzlik turi. Voha muzligi vodiy tuzilishi va muzlik qiyofasiga ko`ra
oddiy vodiy muzligi va murakkab vodiy muzligiga bo`linadi.
Vodiy shamoli – tog`li o`lkalardagi
vodiylarda kunduzi vodiy bo`ylab yuqoriga, kechasi yuqoridan pastga esadigan
shamol. Kunduzi siyrak atmosferadan o`tadigan
quyosh nurlari tog` yon bag`irlarini,
toshlarni tez qizitib yuborishi natijasida tog`da bosimning shu balandlikka
teng balandlikdagi erkin atmosferadagi bosimga nisbatan kamayib ketishi oqibatida hosil bo`ladi. Tunda tog`larda uzun to`lqinli (issiqlik) nur tarqatish kuchli bo`lganligidan havo vodiy bo`ylab pastga tomon oqib tushadi.
Volok (kema qatnaydigan ikki daryo oralig`idagi kambar joyning qadimgi ruscha nomi) - bir daryodan ikkinchi daryoga quruqlik bo`ylab kemalar va yuklar sudrab o`tiladigan joy. Volok atroflarida yirik aholi punktlari vijudga kelgan. Masalan, Vishniy Volochek, Volokolamsk va boshqalar. Keyinchalik voloklar o`rnida kanallar qazilgan.

Volfram rudalari -
tarkibida volfram bo`lgan minerallar birikmalari. Asosiy minerallari volframit
va sheelit. Boyitish fabrikalarida turli aralashmalardan tozalanib, konsentrat
(50-60%li) holiga keltiriladi. Volfram rudalarida
volfram bilan birga ko`pincha qalay,
molibden, oltin, mis, qo`rgoshin, rux va b. uchraydi. Volfram rudasi konlari
granitlar keng tarqalgan hududlarda ko`p. Konlari: Qozog`iston, Sharqiy Sibir,
Shimoliy Kavkaz, O`zbekiston, chet mamlakatlarda - XXR, KXDR, Braziliya,
Boliviya, Portugaliya. Volfram yuqori haroratga chidamli qotishmalar, lak-buyoqlar
va korroziyaga chidamli materiallar olishda ishlatiladi hamda elektrotexnika,
radiotexnika, tibbiyotda foydalaniladi.
Voha - pul va chala cho`llarda suv chiqarib obod qilingan yer. Vohada namgarchilik qo`shni hududlarga nisbatan ko`p, yer osti suvlari yuza bo`lib, buloqlar chiqib yotadi. Voha ko`pincha daryo, ko`l, kanal va quduqdan suv ichadi. Maydoni bir necha un km.kv dan bir necha o`n ming km.kv ga boradi. Shimoliy Afrika, Old Osiyo va Markaziy Osiyo cho`llarida mashhur vohalar bor. Murg`ob, Xorazm, Buxoro vohalari, Farg`ona vodiysidagi vohalar ham ancha katta. Odatda vohalarda aholi zich yashaydi.
Vulkanlar (lotincha vulkanus - olov xudosi), yonartog`- yer po`stida sodir bo`ladigan tektonik harakatlar natijasida paydo bo`lgan yoriq (kanal)lar orqali yer qa’ridan lava, issiq gaz, suv bug`lari va b. jinslar chiqib turishidan paydo bo`lgan tabiiy hosila. Vulkan konus shaklidagi, qalqonsimon, gumbazsimon tog`lar hosil qiladi. Vulkan og`zi - krateri, tagi - magma uchog`i va mo`riga o`xshash tik o`rta qismi - vulkan kanali deb ataladi. Vulkan krateridan oqib chiqadigan lava harorati 500-1300 daraja. Yer sharida 600 dan ortiq so`nmagan vulkan bor. Shulardan 400 dan ko`prog`i Tinch okean sohilidadir.
Vulkan juyaklari, barrankoslar - konussimon vulkan tog`larida vulkan og`zidan tog` etagigacha tarqalgan chuqur juyaklar, daralar. Vulkan jinslarini yon bag`ridagi oqar suvlar yuvib ketishidan vujudga keladi.
Vulkan orollari - okean va dengiz tubidan vulkanlar otilib chiqishidan paydo bo`lgan orollar. Vulkan orollari u qadar katta bo`lmaydi, ba’zan suv yuzasidan ancha baland ko`tarilib turadi va shaklan vulkanga o`xshaydi; Vulkan orollari ko`pincha qator tizilgan bo`ladi. Tinch okeanda vulkan orollari aynitqa ko`p (Kuril orollari, Gavayi orollari va b.).
Vulkan tog` jinslari, vulkanitlar - vulkanlar otilganda yer yuzasiga oqib chiqqan magma (lava) ning qotishidan paydo bo`lgan jinslar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.