loading...

4-fevral 1948-yil – Shri Lanka mustaqilligi kuni 

1922

Shri Lanka (1972-yilgacha Seylon), Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi – Hind okeanidagi Shri Lanka orolida, Hindiston yarim orolidan janubiy-sharqda joylashgan davlat. Maydoni 65,6 ming km.kv. Rasmiy poytaxti – Jayavardenapura-Kotte; amaldagi poytaxti – Kolombo shahri. Ma’muriy jihatdan 9 viloyatga bo‘linadi.

Tabiati. Orol sohillarining aksariyat qismi past, lagunali, marjon riflari bilan o‘ralgan, kam parchalangan. Hududining 80%dan ortig‘i pasttekislik, ayrim joylarda qoyalar uchraydi. Markazi va janubda zinapoyasimon tog‘lik joylashgan. Eng baland joyi – Pidurutalagala tog‘i (2524 m). Iqlimi mussonli, shimoli va sharqida subekvatorial, janubi va g‘arbida ekvatorial iqlim.

Aholisining 75% singallar, 16% dan ortig‘ini tamillar tashkil etadi. Shuningdek, marvlar (arab va mahalliy musulmonlar avlodlari) va boshqalar ham yashaydi. Shahar aholisi 23%. Rasmiy tillar – singal, tamil va ingliz tillari. Dindorlar buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga e’tiqod qiladilar. Yirik shaharlari: Kolombo, Jafna, Kandi.

1789-yil 4-fevral kuni Jorj Vashington birinchi AQSh prezidenti etib saylandi.
Vashington Jorj (1732.22.2, Brijs-Krik shahri, Virginiya shtati – 1799.14.12, Maunt Vernon) (1789-97), Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun urush paytida (1775-83) kolonistlar armiyasining bosh qo‘mondoni (bu armiya ingliz mustamlakachiligiga barham berib, uning jangovar harakatlari AQSh mustaqilligining e’lon qilinishiga olib keldi). AQSh Konstitutsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha Konvent raisi (1787). Vashington Yevropa davlatlari o‘rtasidagi raqobatchilik munosabatlarida AQShning betarafligini saqlashga harakat qilgan. Nomzodini 3-marta prezidentlikka qo‘yishdan bosh tortgan. 

4-fevral - Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kuni
Har yili  4 fevral - Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kunida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro saraton kasalligini o‘rganish bo‘yicha agentligi saraton kasalligining  g‘am-tashfishlarini yengillashtirish maqsadida ma’lumotnomalar tarqatishda xalqaro saraton kasalligiga qarshi ittifoqiga katta yordam beradilar. Saraton – bu 100ga yaqin kasalliklarning  umumiy belgisi.Bu kasallik tananing xohlagan qismini yaralashi mumkin. Saratonning eng asosiy belgisi tezda  anomal xujayralarning paydo bo‘lishi va tananing boshqa a’zolariga  tarqalib ketishi(bu jarayon metastaz deyiladi).Agar odamlar mashhur kanserogen  - tamaki tutunidan aloqada bo‘lishdan  o‘zlarini olib yursalar, saraton kasalligining 40% oldini olish mumkin.

Saraton  - dunyo bo‘yicha  o‘limning asosiy sababchisi hisoblanadi. 2012-yilda saratondan 8,2 million kishi vafot etgan. Har yili  ko‘p hollarda  o‘pka, oshqozon, jigar, yo‘g‘on ichak va ko‘krak bezi saratonidan vafot etmoqdalar. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi saraton kasalligining eng ko‘p uchraydigan turlari bir biridan farq qiladi. 30% ga yaqin saraton kasalligidan  o‘lim hodisalarini asosiy 5 ta xavfli omillar  keltirib chiqaradi.Ular ovqatlanish, og‘ir tana vazni, meva va savzavot mahsulotlarini kam iste’mol qilinishi, jismoniy harakatning yo‘qligi, tamaki va alkogol is’temol qilinishi bilan bog‘liq.

Tamaki iste’mol qilish saraton kasalligining 22%  o‘lim  xavfiga  va  o‘pka saratonidan  71%  o‘lish xavfiga olib keladi. Saratondan o‘lish  xavfi oshib boradi  va 2030-yilda 13,1 million saratondan  o‘lim hodisasi yuz beradi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash