loading...

24-mart O'zbekiston chegara qo'shinlari tashkil etilgan kun 

5923

  O`zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari — O`zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish va oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo`shilmalar va qismlarni o`z ichiga oladi.

 O`zbekiston Respublikasida Mudofaa vazirligi tizimidagi qism va bo`linmalar, ppIchki ishlar vazirligining ichki va qorovul qo`shinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari, Chegara qo`shinlaridan tashkil topgan.
  Chegara qo`shinlari (ba`zi davlatlarda chegara qo`riqchilari, chegara soqchilari) — davlatning quruqlikdagi, dengiz va daryo (ko`l)dagi chegaralarini himoya qilishga mo`ljallangan qo`shinlar. Chegara qo`shinlari davlatlar va ular orasida chegara ayirish yuzaga kelgan qad. davrlardayoq ma`lum shaklda mavjud bo`lgan. Ba`zi davlatlar uz chegaralarida mudofaa devorlari barpo etgan (q. Buyuk Xitoy devori, Kanpir devor va b.). Mazkur mudofaa devorlarining har joy bir joyida qo`shin (chegara garnizoni) turadigan qo`rg`onlar qurilgan. Bu qo`shinlar viloyat darvozalarini qo`rikdash, inshootlarni kuzatish, dushman hujum qilgan takdirda mamlakat ichkarisiga bu haqda xabar berish singari vazifalarni bajarganlar. O`zbekiston Respublikasida Chegara qo`shinlari mamlakat chegarasining daxleizligini ta`minlaydi, davlat chegarasining qonunsiz buzilishiga qarshi kurashadi. Chegara qo`shinlari zamonaviy harbiy texnika vositalari bilan qurollantirilgan. Chegara qo`shinlarini, asosan, chegarachilar harbiy o`quv yurtlari zobit kadrlar bilan ta`minlab turadi. Chegara qo`shinlariga O`zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qilish qo`mitasi mutasaddilik qiladi.
 
24-mart Butunjahon Sil kasalligiga qarshi kurash kuni
  Sil, tuberkulyoz — turli a`zolar, asosan, o`pkada o`ziga xos yallig`li o`zgarishlar ro`y berishi bilan tavsiflanadigan yuqumli surunkali kasallik. Odamlarda uchraydigan SILni ftiziatriya o`rganadi. Nemis mikrobiologi Robert Kox (1882 y.) Sil qo`zg`atuvchisini aniqladi (bu qo`zg`atuvchi uning sharafiga Kox tayoqchasi deb nomlandi). SIL kasalligi qadimdan ma`lum. Kasallik belgilari Gippokrat, Ibn Sino asarlarida ham ta`riflangan.
  SIL bilan odamlardan tashqari, uy hayvonlari (asosan, qoramol), uy parrandalari (tovuq, kurka) kasallanadi.
  Odamlarda kasallikning asosiy manbai o`pka Sili bilan og`rib, mikobakteriyalar aralash balg`am tashlab yuradigan bemorlardir. SIL hammadan ko`p havotomchi yo`li bilan tarqaladi: yo`talganda, aksirganda mikobakteriyali balg`am va shilliq zarralari havoga tarqalib atrofidagi buyumlargatushadi. SIL mikobakteriyasi, asosan, nafas yo`llari orqali kiradi. U boshqa mikroblarga nisbatan tashqi muhitning turli ta`sirlariga juda chidamli bo`lib, o`zining yashash va ko`payish xususiyatlarini uzoq muddat davomida saklab qoladi. Quruq hoddagi SIL mikobakteriyasiga 36° haroratda ta`sir etilsa, u 180 kungacha, +70° qizdirilsa 7 soat davomida, oqar suvlarda 150 kun, ko`cha changida 10 kun ichida hayot kechirish va ko`payish xususiyatlarini yo`qotmaydi. Ayniqsa, quyosh nuri tushmaydigan zax yerlarda uzoq muddat saqlanib qoladi. SIL mikobakteriyalarining atrofmuhitda uzoq vaqt saqlanishi SIL kasalligining idishtovoq, kiyimkechak, o`rinko`rpa va boshqa orqali yuqish ehtimolini tug`diradi. SILning ochiq va yashirin shakli farq qilinadi. SILning ochiq shaklida bemor balg`amida SIL mikobakteriyalari topiladi; bemor gigiyena qoidalariga rioya qilmasa, boshqalarga kasal yuqtiruvchi bo`lib qolishi mumkin. SILningyashirin shaklidamikobakteriyalar balg`amda topilmaydi, bunday bemorlar atrofidagilar uchun yuqumli bo`lmaydi. SIL bilan og`rigan bemor barcha gigiyena qoidalariga rioya qilsa, amalda atrofdagilar uchun xavfli bo`lmaydi. SIL mikobakteriyalari faqat o`pkani emas, balki organizmda soch va tirnoqdan boshqa bo`g`imlar, suyaklar, miya pardalari, buyraklar va boshqa a`zolarni zararlaydi. SIL kasalligiga aksari yosh bolalar (chunki ularda hali immunitet sust rivojlangan bo`ladi), balog`atga yetish davridagi o`smirlar (nervendokrin boshqaruvining beqarorligi tufayli), shuningdek, organizmning infeksiyaga chidami susaygan yoshi katta odamlar chalinadi. O`pka Siliga xos belgilar kasallik shakliga, yoshga va boshqalarga bog`liq.
  Birlamchi SILda kasallik alomatlari yaqqol namoyon bo`lmaydi. Biroq teri ostiga tuberkulin yuborib o`tkaziladigan Mantu sinamasi musbat chiqsa va bemorda kasallikning umumiy belgilari (rang ketishi, quvvatsizlik, uyqu va ishtaha buzilishi, tez toliqish, gavda haroratining ko`tarilishi, tunda terlash) paydo bo`lsa, buSilin toksikatsiyasidan darak beradi. Yosh bolalarda kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga qaraganda og`irroq o`tadi, aksari asoratlar kuzatiladi. SIL intoksikatsiyasi bolalarda ro`yrost namoyon bo`ladi; bolaning rangi siniqadi, injiq bo`lib qoladi, ishtahasi yo`qolib, teztez shamollab turadi. Vrachga o`z vaqtida borib, bolani to`g`ri parvarish qilinsa, odatda, butunlay sog`ayib ketadi.
  Ikkilamchi SIL — o`pka Silining hammadan ko`p uchraydigan shakli. U o`pkada va limfa tugunlarida sakdanib qolgan infeksiya "qo`ri"dan kelib chiqadi; noxush sharoitlarda SIL qo`zg`atuvchisi faollashib, jarayonni zo`raytiradi (faol shakli). S mikobakteriyasi bor bemor bilan uzoq vaqt muloqotda bo`lganda SIL qaytalanishi ham mumkin. Bunga organizmning zaiflanishi, sifatsiz ovqatlanish, stresslar, zararli odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik), surunkali kasalliklar, o`pkaning nospetsifik kasalliklari, qandli diabet, gastrit, me`daichak yaralari, SPID, shuningdek, homiladorlik va gug`ruqdan keyin organizm himoya qobiliyatining kamayishi va boshqa sabab bo`ladi. Odatda, ikkilamchi SIL yoshlikda va o`rta yoshda paydo bo`ladi, o`z vaqtida davo qilinmasa, kasallik astasekin, lekin to`xtamay rivojlanadi. Aksari o`pkaning yuqori bo`laklarida mayda o`choqlar paydo bo`ladi (SIL ning o`choqli shakli), ba`zan yiringli infiltratlar (SILning yallig`langan shakli) kuzatiladi.
  Kasallik ba`zan uzoq vaqtgacha hech qanday alomatlarsiz kechadi, biroq, o`pka Sili rivojlanganda, ya`ni SIL mikobakteriyalari ko`payishi boshlanganda organizmda zaharlanish alomatlari paydo bo`ladi: holsizlik, tez charchash, tunda terlash, ozib kegish va boshqa, borabora bemorda yo`tal zo`rayadi, hansiraydi, nimjon bo`lib qoladi. Zo`r berib davolanish kasallik rivojlanishining oldini oladi. O`pkadan tashqaridagi SIL (hiqildoq, ichak, buyrak, teri, suyak, bo`g`im va boshqalar) o`pka Siliga karaganda ancha kam uchraydi. SILni barvaqt aniklash kasallikni to`lato`kis davolash imkonini beradi.
  Davosi. Davolash, asosan, kasalxona sharoitida, vrach nazorati ostida olib boriladi. SILga qarshi ishlatiladigan zamonaviy doridarmonlardan kasallikning turi va og`irengilligiga qarab tayinlanadi. Odatda, bu dorilar uzoq vaqt davomida (bir necha oylab) qo`llanadi. SILni davolashda foydalaniladigan kimyoterapevtik dorilar ma`lum bir guruxlarga bo`linadi: izoniazid va uning analoglari, rifampitsin; etambutol, protionamid (etionamid, tizamid (pirazinamid), streptomitsin, kanamitsin, florimitsin va boshqa
  Oldini olish ijtimoiy, sanitariya, kimyoviy va maxsus tadbirlarni o`z ichiga oladi. Aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish moddiy hayot sharoitini yaxshilash, aholining umumiy madaniyatini oshirish va sanitariya bilimlarini targ`ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Vrach buyurgan kun tartibiga amal qilish, to`lato`kis ovqatlanish, iloji boricha ochiq havoda bo`lish, xonani botbot shamollatib turish lozim. SIL bilan og`rigan bemorlarni kasallikning ilk bosqichlarida aniqlash maqsadida aholini ommaviy tekshirish, ya`ni flyuorografiya tekshiruvidan (kamida 2 yilda 1 marta) o`tkazish ijobiy natija beradi. SIL ni bolalarda barvaqt aniklash uchun bolalar poliklinikalarida, bog`chalarida, maktablarda tuberkulin sinamasi o`tkaziladi. O`zbekistonda barcha yangi tug`ilgan chaqaloqlar vrachning moneligi bo`lmasa, SILga qarshi vaksinatsiya qilinadi; vaqtvaqti bilan (7,12 yoshda) revaksinatsiya o`tkaziladi.

 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash