loading...

Unashish 

3579

Unashish marosimi turli xalqlarda turlicha o‘tkaziladi. Ayrim xalqlarda yigitni uylantirish uchun qiz tomonga qalin — pul, mol, ov mahsulotlari, qisqasi, o‘sha xalqda asosiy boylik hisoblangan buyumlarni berish lozim bo‘lsa, boshqa xalqlar­da esa qizni katta mol-mulk bilan uzatish shart qilib qo‘yilgan.

Papuas xalqlarida unashish ancha murakkab va qiyin ma­rosim hisoblangan. Shunga qaramay, Yangi Gvineyadagi ayrim qabilalar unashishni juda oson tarzda o‘tkazadi. Ular bitta sigara chekilib bo‘lmasidanoq «fotiha» qilib qo‘yishadi.

Uylanmoqchi bo‘lgan papuas yigiti sochining bir tolasini tamaki bargi orasiga qo‘yib sigara tayyorlaydi. Sigarani yarmigacha chekib onasiga uzatadi, onasi esa sigarani qizga uzatadi. Qizning sigarani chekishi rozilik belgisidir. Shunda ikkala tomon kelishgan, nikoh fotihasi o‘qilgan hisoblanadi.

Polineziyaning Samoa orollarida yashovchi xalqlar odatiga ko‘ra yigit jangovar kiyimda bir guruh qizlar huzuriga kelib harbiycha o‘yinga tushadi. Bu o‘yin farazan dushmaniga hujum qilish, go‘yo qo‘lidagi cho‘qmor bilan dushman boshi­ga zarb tushirish, nayza sanchish kabi harakatlardan iborat.

bo‘ladi. Bu o‘yinda qizlar yigitdan ko‘z uzmay, uning kimga muhabbat izhor qilishini kuzatadilar. Birozdan so‘ng yigit ashula ayta boshlaydi. Yigitning do‘stlari unga jo‘r bo‘lib, ashula orasida qizning ismini tilga oladilar. Nomi tilga olingan qiz tortinib, uyalib turadi. Yigit uni o‘rtaga, o‘yinga tortadi. Qiz nazokat bilan, yigitni urgandek, sochlarini burdalagandek bo‘lib awaliga raddiya bildiradi. Yana jozibaliroq o‘yin bosh­lanadi. Yigit qizga astoydil ta’zim qilib muhabbat izhor etadi. Qiz undan shubhalanayotgandek nazar tashlaydi, so‘ngra uning qasamlariga xayrixohlik bildira boshlaydi.

Ertasiga kechqurun yigit bilan qiz uchrashadi. Buning uchun ular ota-onalari roziligini ilgaridan olib qo‘yishgan bo‘ladi. Ota-onalar roziligi olingach, to‘y taraddudi boshlana­di. Ota-onasi rozilik bermasa-chi? Ertasiga ertalab yigit bilan qizning g‘oyib bo‘lganligi haqidagi xabar tarqaladi. Kuyovning jo‘ralari kelinning uyi yoniga kelib baravariga: «Avanga, avanga, avanga!» («Ular qochib ketibdi») deb baqiradi.

Keksalar bu voqeadan iztirobga tushadi, nobakor qizning gunohini kechirmasliklarini aytadi. Hamqishloqlar ham norozi. Ular qizni topib keltirishga jazm qiladilar va bu ishni nonushtadan keyinga qoldiradilar. Lekin boshqa zarurroq ish­lari chiqib qolib, qizni axtarish yana kechiktiriladi.
 
Hafta ketidan hafta o‘tadi. Nihoyat, ota-ona qizi huzuriga oq bo‘yra yuboradi. Bu — afV etish belgisidir. Shundan keyin qochoqlar qaytib keladi, ularni tantana bilan kutib olishadi. Kelinni sotib olish uchun «oliq-soliq» boshlanadi. Bu — to‘y yaqinlashdi degani.

Afrika janubidagi suto xalqlarida nikohlash juda uzoq davom etadigan murakkab marosimdir. Qizni yigitning o‘zi tanlasa-da, nikohlash masalasini yigit bilan qiz hal etolmaydi.

Qizni yigit tanlaydi-yu, lekin qiz yigitning taklifini rad etishga haqli. Qizning roziligini olgach, yigit otasini xabardor qiladi. Yigitning otasi qizning uyiga sovchi bo‘lib boradi. Ko‘p o‘tmay qizning uyiga ikkinchi sovchi yuboriladi. Bu sovchi «qizning onasi» deb yuritiladi. Holbuki, sovchilikka qizning onasi ham, boshqa ayol ham bormaydi, erkak kishi boradi. Sovchi qizning uyiga kirgach: «Men burunaki uchun tamaki so‘rab keldim», — deydi. Uydagi ayollar darhol tamaki yanchib burunaki tayyorlaydi. Burunaki nosqovoqqa 'to‘ldirilib kuyovga yuboriladi. Nosqovoqni kuyovning faqat pochchasi ochishi lozim. Dastlab kuyovning pochchasi burunaki tortadi, keyin nosqovoqni boshqalarga uzatadi. Burunaki tugaguncha nos-qovoq qo‘ldan qo‘lga o‘tadi, bo‘shagan nosqovoq qizning uyiga qaytariladi. Qiz nosqovoqni marvarid bilan bezaydi va eng qimmatbaho taqinchoq sifatida marosimlarda bo‘yniga osadi. Demak, taklif qabul etildi, fotiha o‘qiladi.

Shundan keyin kelinning uyiga kuyovdan mollar (sigir, qo‘y, echki) keltiriladi. Dastlabki mollami keltirgan kishi ke­linning uyiga kirib quduqdan suv olish uchun chelak so‘raydi. Kelinning qarindoshlari bu elchiga idishga to‘ldirib ilgaridan tayyorlab qo‘yilgan ichimlikni berishadi. Idishdagi ichimlik olti kun davom etadigan bayramga yetadigan miqdorda bo‘ladi. Ikkinchi marta mol olib kelinguncha ziyofat davom etadi. Keyingi marta mollami eng yaqin do‘sti bilan kuyovning o‘zi haydab keladi. Kuyov qolib ketib kelinning uyida ikki-uch oy birga yashaydi. Kelin-kuyov oila ishlarida bemalol ishtirok etaveradilar. Qalin uchun va’da qilingan mol podasining hammasi kelin uyiga olib kelib bo‘lingach, nikoh to‘yi bosh­lanadi.

Hindistonda nikohlash boshqa xalqlamikidan keskin farq qiladi. An’anaga ko‘ra Hindistonda kuyov tomon emas, qiz tomon kuyov qidiradi.

Qiz tomon maxsus sovchi belgilaydi. Sovchi qilib qarindoshini yoki mahallaning mo‘tabar kishisini belgilash mumkin.
 
Nikohlash vaqtida munajjim ham ishtirok etishi lozim. Yigit bilan qizning yulduzi bir-biriga mos kelish-kelmasligini munajjim aniqlab beradi.

Kuyov va kelin tanlashda ularning qanday tabaqaga mansubligiga katta e’tibor beriladi. 0‘z tabaqasidan boshqa tabaqa bilan nikohlanish oila, qarindosh-urug‘, tanish-bilish, nihoyat, din oldida katta gunoh hisoblanadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash