loading...

Dunyo nikoh to`ylari 

8413

Yaponlaming nikoh marosimlari ham zamonaviy, ham qadimiy an’analami o‘z ichiga olgan.

Yigit bilan qiz tanishib o'zaro kelishganlaridan keyin yigit­ning otasi qizning otasi huzuriga borib qizini o‘g‘liga berishini so‘raydi. Shundan keyin nikoh to‘yiga katta tayyorgarlik ko‘rila boshlaydi.

Kelinni nikohga tayyorlash oson ish emas. Nikoh kuni kelinning yuzi oppoq va salgina pushtirang bo‘lib, sadafdek yarqirab turishi lozim. Kelinga zarbof kimono — nikoh kiyimi kiygiziladi, boshiga parik kiydiriladi va qo‘liga kumushrang zar bilan tuma rasmi solingan zontik beriladi. Yigit to‘y kuni yevropacha tikilgan zamonaviy qora kostum kiyadi.

Yapon kalendarlarida baxtli kunlar belgilab qo'yiladi. Nikoh to‘yi shu baxtli kunlardan birida o‘tkaziladi. Baxtli kun­lar 1-mart bilan 20-may oralig‘ida, shuningdek, nikoh to‘ylari ham 1-martdan 20-maygacha o‘tkazilishi maqsadga mftvofiq hisoblanadi.

Kuyov bilan kelin nikoh kiyimida ibodatxonaga kelgach, tog‘orachada guruch, baliq, quritilgan suvo‘tlari va guruchdan qilingan spirtli ichimlik — sake qo‘yilgan mehrob oldiga bora­di. Kohinlardan biri koto chalib duo o‘qiydi, ikkinchisi yelpig‘ich bilan ins-jinslarni haydab turadi.

Kuyov bilan kelin bir-birining qo‘liga uzuk taqib bo‘lgach, bir piyoladan sake ichishadi (bu, endi, yevropacha odat). Sakening qolganini qarindoshlari niyat qilib ichishadi.

Ibodatxonaga kelganda eshikdan avval kelin, keyin kuyov kiradi, chiqishda esa avval kuyov, undan keyin ikki qadam orqada yurib kelin chiqadi.

Yaponlarda kelin har kuni ertalab qaynota va qaynonasiga tahorat suvi tayyorlaydi, nonushta tayyorlab beradi, o‘zi esa ulardan keyingina nonushta qiladi. So'ngra tushki va kechki ovqatlami pishiradi.

Qaynota va qaynonasi, kuyovning opa-singil va aka-ukalaridan birontasining tobi qochib qolgudek bo‘lsa, ularni parvarish qilish vazifasi ham kelinning zimmasiga tushadi. Bemorlar uchun zarur bo‘lgan dorilami ham kelin tayyorlashi lozim, u dorini awal o‘zi tatib ko‘radi, so‘ngra bemorga ichiradi. Bulardan tashqari kir yuvish, hovli supurish va idish-tovoq- lami tozalash, qishda qaynota va qaynonasining xonasini isi- tish, yozda esa salqin saqlash ham kelinning vazifasi.

Nihoyat, kelin kechqurun qaynota va qaynonaning o‘mini to‘shab berishi, ular yotgach, birozdan keyin boshqa xizmat yo‘qmi, deb so‘rashi lozim.

Pokiston mamlakatining Himolay tog‘lari yonbag‘rida kalash xalqi yashaydi. Pokiston xalqi musulmon dinida bo‘lsa- da kalashlar musulmon emas. Kalashlarga olib boriladigan yo‘llami qor bosganligidan, ular olti oy mobaynida tashqi dunyo bilan aloqa bog‘lay olishmaydi.

Bu xalq nikoh to‘ylarini Navro‘z bayramida o‘tkazishni afzal ko‘radi. Kuyov bilan kelin qishloq ibodatxonasiga olib kelinadi. Ular mehrob yoniga, erkaklar esa kohin atrofini yarimdoira shaklida o‘rab o‘tirishadi va uzun duolar o‘qishadi. Duo о‘qilgan vaqtda yonib turgan gulxanga non bo‘laklari tashlab turiladi.

Kohin kuyovning boshiga suv purkaydi. So‘ngra kuyovning qo‘liga pichoq berilib yoniga echki keltiriladi. Echkining qoni gulxanga otilib turishi uchun kuyov echkini gulxanga qaratib qo‘yib so‘yadi. Shundan so‘ng nikoh to‘yi boshlab yuboriladi.

Ertasiga ertalab keksa ayollar kelinga har xil taqinchoqlar bilan bezatilgan to‘q sariq rang kiyim kiygizadilar, qo‘liga uzuk, bilakuzuk, qulog‘iga zirak, burnining chap tomoniga buloqi taqadilar va boshiga odmi rang yupqa gazlamadan salla o‘raydilar.

Kuyov kelin turgan uy oldiga o‘z jo‘ralari bilan yetib kela­di. Qurbonlik uchun keltirilgan echki so‘yilgach, kuyov uning qonini kelinning yuziga surtadi. Kelinning yuziga eng yaqin kishilari ham echki qonidan suradilar. Shundan so‘ng kelin bilan kuyov o‘z xonalariga kirib ketadi.

Indoneziyaning Bali orolidagi aholisiga yigirmanchi asr yangiliklari yetib borgan bo‘lsa-da, nikoh an’analari hamon eskicha qolgan. Urf-odatga ko‘ra yigit uylanadigan qizni, albatta, tunda o‘g‘irlab ketishi shart. Qiz buning uchun ilgaridan hozirlanib, bisotlarini bir bo‘g‘chaga tugib qo‘yadi, hatto nikoh ko‘ylagi — sarongni ham unutmaydi.

Qiz o‘g‘irlab ketilgach, ertasi tongda uning otasi dunyoni boshiga ko‘tarib dod-faryod qiladi. Bu ovozdan uyg‘ongan qo‘shnilar: «Yana bir to‘yona tayyorlash kerak ekan», — deb dillaridan o‘tkazib qo‘yadilar. Qiz onasining oh-vohi uzoqqa cho‘zilmaydi: tushga qolmay «qochoqlar» qaytib keladi. Qarindosh-urug‘lari va do‘stlari darhol yig'ilishib, ikki kishi sig‘adi- gan maxsus zambilni bezatadilar. Kuyov-kelinni shu zambilga o‘tqazib ibodatxonaga — kohin huzuriga ko‘tarib boradilar. Ularning kelishi haqida kohin barvaqt xabardor qilib qo‘yiladi. Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marta ibo­datxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta yigit yoki qiz balog‘atga yetganda, ikkinchi marta nikoh to‘yida va uchinchi marta birinchi o‘g‘il ko‘rganda.

Kuyov oq ishton kiyib, kelin esa binafsharang nikoh kiyimi — sarong kiyib, bo‘yinlariga gulchambarlar osilgan, boshlariga gullar qadalgan holda ibodatxonaga kirib boradilar. Shu payt nog‘ora chalinib tantana boshlab yuboriladi. Ibodatxona- da kohinlar kuyov bilan kelinning qoziq tishlarini egovlay boshlaydilar, egovlash bir necha kun davom etadi. Egovlangan tishdan tushayotgan kukun ehtiyotkorlik bilan oltin idishga yig‘iladi va kokos yong‘og‘iga solib ota-bobolar mehrobi yoni­da kuydiriladi. Shundan keyin kohin kuyov bilan kelinning bo‘yniga oq gulchambar osadi. Shu bilan nikoh marosimi tugaydi. Bu oroldagi diniy qonunlarga ko‘ra kelin erini Ramu tangri qatori hurmat qilishi va unga sadoqatli bo‘lishi shart.

Hindistonning Orissa va Andxra shtatlari chegarasida Machkand daryosining shimoli g‘arbida bondo qabilasi yashaydi. Ularning o‘zlariga xos urf-odatlari va qonun- qoidalari bor. Bu diyorda uylanadigan bo‘ydoq yigitlar ham, turmushga chiqadigan qizlar ham maxsus uylarda yashaydilar.

Yigitlar qizlar (yoki ayollar) uyiga mehmon bo‘lib kelishi mumkin. Ayollar bo‘ydoqlarni o‘choq atrofiga o‘tqazib sago palmasi sharbati va qovurilgan kalamush go‘shti bilan mehmon qiladi. Yigitlar o‘tirish tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishlari shart; qizlar bironta nojo‘ya ish qilib qo‘ygan yigitning ta’zirini berishadi. Qizlarning qo'llariga taqqan bilakuzuklari tirsak- larigacha yetib turadi. Bu qo'llar bilan tarsaki tushirilsa bormi, yigit qilmishiga ming-ming pushaymon yeydi.

Turmushga chiqishni orzu qilayotgan qizlarning sochlari taqir qilib qirilgan, bo‘yinlari turli taqinchoqlar bilan to‘la bo‘ladi. Bondo qizlari, odatda, o‘zlaridan olti-yetti yosh kichik bo‘lgan yigitlarga turmushga chiqadi. Agar xotini eridan yosh bo‘lsa, eriga bo‘ysunishi kerak bo‘ladi. Bu qabilada hamma vaqt yoshi kattaning so‘ziga quloq solinadi. Demak, xotin eri­dan katta bo‘lganligidan erining ixtiyori xotini qo‘lida bo‘ladi. Yosh erga tegishning yana bir sababi shuki, xotini qariganda eri unga nisbatan yosh va baquwat bo‘lganligidan dala ishlarini bajarib, ovchilik qilib ro‘zg‘orni tebratib turadi.

Er katta yoshdagi xotini ustiga yoshroq ayolga uylanishi ham mumkin. Bunda er ham, yosh kundosh ham katta xotinga itoat etadi. Biror sabab bilan xotin erdan ajralsa, boshqa erga tegishga haqlidir. Erga tegish uchun bu xotin yana o‘sha kulbada — turmushga chiquvchilar maxsus uyida istiqomat qila boshlaydi.

Hindiston xalqining nikoh to‘ylari ham boshqa xalqlarnikidan farq qiladi. Awalo eng yaxshi, ezgu ishlarning homiysi Ganesh tangriga sig‘inish lozim. Hindular Ganesh tangri hamma joyda, barcha tantanalarda hozir-u nozir deb ishonadi. Kuyov bilan kelin guruch, qand, kokos yong‘og‘i keltirib, Ganesh tangri haykali yoniga qo‘yadi va haykal ustidan suv quyadi. Shundan so‘ng kuyov bilan kelinni alohida-alohida xonaga olib kiradilar. Ular oilaviy turmushga qadam qo'yishdan oldin bu xonalarda nafaslarini rostlashlari lozim. Ertasi kuni kelinga nikoh ko‘ylagi kiydiriladi. Bezaklari, taqinchoqlari bilan birga bu kiyimning og‘irligi 15 kilogrammcha keladi. Nikohdan bir kun oldin oqshom paytida kelin «mehndi» marosimida ishtirok etadi. Bu marosim kelinning oyoq-qo‘liga juda murakkab naqsh-gul solishdan iborat. «Mehndi» marosimidan keyin kelinning kaftlariga xina qo‘yish marosimi o‘tkaziladi.

Nikoh kuni kuyov filga minib, bashang mulozimlar qurshovida kelin huzuriga keladi. Kelin kuyov kelishini shiyponda kutib o‘tiradi. Dugonalari kelinni qurshab olib unga yoqimli   ashulalar aytadilar, qulog‘iga quvonchli so‘zlar shivirlaydilar, yuz-quloqlariga xushbo‘y atir-upalar suradilar.

Qaynona kuyovni ayollar xonasiga olib kiradi. Shu xonada kuyov boshdan oyoq nikoh pardasiga o‘ralgan, harir ro‘mollar ichidagi kelinga birinchi bor nazar tashlash sharafiga muyassar bo‘ladi. Kuyov bilan kelin oldiga katta kumush idishda suv qo‘yadilar. Idishga nikoh uzugi tashlanib, suv ustiga nilufar yaproqlari yopiladi. Kuyov bilan kelin suv ostidagi uzukni qidi- rar ekan, birinchi bor qo‘llari qo‘lga tegadi. Uzuk topilgach, ular er-xotin hisoblanadi. Nikoh to‘yi esa bir hafta davom etadi.

«Biz habashlar to‘yiga tasodifan duch kelib qoldik, — deb hikoya qiladi shu o‘lkada bo‘lgan sayyoh. — Ularda to‘y, odat­da, bir necha hafta davom etar ekan. Yoshlarning boshini biriktirib qo‘yish masalasini ota-ona hal qiladi. Bo‘lg‘usi kelin-kuyov ko‘pincha bir-birini mutlaqo tanimaydi. Oila boshlig‘i ma’lum qarorga kelgach, qarindoshlari bilan maslahatlashib, qizning uyiga bir yoki ikki kishini sovchi qilib yuboradi. Ishning qolganini sovchilar bitiradi. Sovchilar qizning uyida awaliga har to‘g‘rida suhbatlashib o'tirishadi, keyin nima maqsadda kelishganini shama qilib qo‘yishadi. Agar ularning niyatini qiz tomon ma’qul topmasa, ko‘ngilni qoldirmaslik uchun turli bahonalar topishadi. Qizimiz hali yosh yoki boshqa yigitga unashib qo‘yganmiz, deydi va hokazo. Agar har ikkala tomon rozi bo‘Isa, unashish kuni belgilanadi. Shu kuni yigit otasi va qarindoshlari bilan birga sovg‘a-salomlar ko‘tarib qizning uyiga boradi. Erkak qudalar yangi oila uchun har ikkala tomondan qancha yer-suv, mol va boshqa narsalar ajratilishini muhokama qiladilar. Shundan keyin guvohlar oldida to‘y kuni belgilanadi. Agar qiz yosh bo‘lsa, to‘y bir necha yil kechiktirilishi ham mumkin.

Kuyovni bir xilda kiyingan qizlar kutib oladi. Ular orasida kelin ham bo'ladi, lekin kuyov qizni hali biron marta ko‘rmagan, shuning uchun uning qizlar orasidan kelinni topishi oson bo‘lmaydi. Qizlar parda orqasiga bekinadi. Kuyov bilan kelganlardan biri yo‘lini qilib kelinni dugonalari orasidan tanib olishga harakat qiladi. Kelin tanib olingandan keyin kuyov huzuriga qo‘lda ko‘tarib olib chiqiladi. Bu yerdagi qisqa mud- datli tantanadan keyin hamma kuyovning uyiga mehmondorchilikka boradi. Biz ana shu mehmondorchilik ustidan chiqib qolgan ekanmiz».

Shunisi qiziqki, habashlarda turmush qurgandan keyin xotinga katta erkinlik beriladi. Ularda sadoqat tushunchasi boshqa xalqlamikidan mutlaqo boshqacha. Bu xalqda eng obro‘-e’tiborli xotin ham eri uzoq safarga ketganda istagan erkakni o‘ziga jalb qilishi mumkin.

Bu o‘rinda er tashabbuskor bo‘lib, uyda o‘z o‘miga ishonchli xizmatkomi qoldirib ketgan. Bu — qadimdan qolgan odat. Erkaklar uzoq safarga chiqayotganlarida xotinlarini birga olib yurib charchatib qo‘ymaslik uchun safarga boshqa ayolni olib ketishar ekan.

Habashistonda erga tegish barcha huquqlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Ayol turmushga chiqqanini bildirish uchun eri sovg‘a qilgan turli taqinchoqlami taqib yuradi. Bular sochga taqiladigan lenta, oyoqqa taqiladigan bilaguzuk yoki ko‘zgu, soyabon, shoyi ko'ylak bo‘lishi mumkin. Erkaklar uchun esa uylanish — voyaga yetish demakdir. Odatda, kuyovga ota-onasi miltiq va boshqa qurollar sovg‘a qilishadi.

Bu yerda to‘y qilishning boshqa tartiblari ham bor. Ba’zan yigit qizning uyiga kelib uning otasi qo‘l ostida ishlab yuradi. Qiz voyaga yetgandan keyin to‘y qilishadi. Ko‘pincha kam
bag‘al oiladan chiqqan yigitlargina shunday yo‘l bilan uylanadi. Negaki, kambag‘al ota-ona kerakli miqdorda qalin, yer-suv, mol va boshqa narsalar berolmaydi. Kelinning aka-ukasi va otasiga qarashadigan boshqa kishisi bo‘lmagan hollarda ham kuyov shu tarzda qaynotasiga xo‘jalik ishlarida ko‘maklashishi mumkin.

Habash xalqida er-xotin rozi bo‘lsa, ajrab ketishi ham mumkin. Bunday hollarda kelin ham, kuyov ham o‘z ota-onasi bergan narsalami qaytarib olib ketadi. Birgalikda yashagan vaqtda to‘plangan mulklar o‘rtada halol bo'linadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash