loading...

Bir ko'zli odamlar afsona emas! 

5378

Dunyo ahli azaldan mo'jizaga intilib yashagan. Shundan bo'lsa kerak, bir qator xalqlarda turli-tuman afsonalar yaratilgan, bu afsonalar esa mo'jizaviy qahramonlardan holi bo'lmagan.
 
Bu borada esa yunonlar, yunon allomalari yaratgan asarlar alohida o'rin tutadi. Boisi, mazkur xalq yaratgan ko'plab qahramonlar, g'alati, o'ziga xos obrazlar hali-hanuz turli xalq og'zaki ijodi namunalarida yashab kelmoqda. Jumladan, yunon mutafakkiri Gomer o'zining «Iliada» va «Odisseya» asarlarida siklop deb atalgan maxluqni tilga oladi. Yolg'iz ko'zi peshonasida joylashgan bu maxluq-odam yaqin davrgacha afsona deb e'tirof etib kelinayotgandi. Biroq keyinchalik tsikloplar haqiqatan ham, yashagan, bu shunchaki uydirma emas, qabilidagi fikrlar paydo bo'ldi.
 
BIR KUNLIK UMR
Hindistonlik er-xotinlar olti yil farzand kutishdi, ammo homiladorlikdan darak yo'q edi. Natijada ayol xususiy klinikalardan birida bepushtlikka qarshi muolaja ola boshladi. Uning qanday dorilar qabul qilgani noma'lum. Ma'lum bo'lgani shuki, bu dori-darmonlar homilaga jiddiy ta'sir ko'rsatgandi. Oqibatda 2006-yilning avgustida Hindistonda bir ko'zli qizaloq dunyoga keldi. Bu siklop-qizaloq atigi bir kun yashadi, xolos.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash