loading...

Amazonkalar qayerda yashagan? 

5969

«Agar biz bu qo’shinni yenga olsak, hech qanday shon-shugratga ega bo’lolmaymiz. Agar biz ulardan yengilsak, abadul-abad sharmandalik tamg`asidan qutulolmaymiz!”

Shiddatli jang oldidan buyuk sarkarda Iskandar Maqduniyning o’z askarlariga qarata aytgan bu so’zlari barchani o’yga toldirgandi. Ha, shu paytgacha ne-ne qudratli lashkarni tutdek to’kkan buyuk Iskandar armiyasi bu gal g`alati sarosima ichida qolgandi. 

Axir, ularni ertangi jangda tish-tirnog`igacha qurollangan baquvvat, qudratli yigitlar emas... ayollar armiyasi, boshqacha aytganda, "amazonkalar” armiyasi  kutmoqda edi. Iskanlarning bu andishasi gam bejiz emasdi! 

Matriarxal davr in’iqosi

  ...Amazonkalar mavzusi azaldan ko’pchilikni qiziqtirib kelgan. Bu borada qadimgi dunyoning mutafakkkirlari Homer, Ovidiy, Vergiliylar gam o’z mulogazalarini aytib o’tishgan. Yunonistonning mashgur gaykaltaroshlari ularning go’zal va navqiron gaykallarini ishlashgan. 

Amazonkalar mavzusi bugungi kunda gam olimlarning yechilmas bags mavzularidan biri bo’lib kelayotir. Kimdir ularni chindan gam yashab o’tgan, desa, boshqalar bu shunchaki afsona deyishdan nariga o’tmaydi. Xo’sh aslida-chi? Ular afsonami yoki gaqiqat? Axir gar qanday afsona zamirida gam oz bo’lsa-da, haqiqat uchqunlari yashaydi-ku?

Uzoq o’tmishni tadqiq etgan mutaxassislar bir zamonlar Yer yuzidan ayollar gukmron bo’lgani, ya’ni matriarxal jamiyat gukm surganini aytishgan. Ibtidoiy bu tuzumda jamoaning gayot kechirishi, tirikchiligi, ro’zg`ori, naslni davom ettirishi uchun yetakchilik ayollar qo’lida bo’lgan. Binobarin, amazonkalar gam ana shu davrda yashagan bo’lishi mumkin degan taxminlar bor.

Yunon mualliflarining yozishicha, amazonkalar ot chopishda, jang qilishda, kamondan o’q otishda gatto erkaklarni gam dog`da qoldirishgan. Ularning o’z saltanati, jamoasi bo’lgan. Bu yerda erkaklarni sig`dirishmagan. Faqat yildan bir marta avlodni davom ettirish maqsadida qo’shni qabilaning erkaklari bilan uchrashib turishgan. Tasodiy "uchrashuv” natijasida o’g`il tug`iladigan bo’lsa, uni otasiga jo’natishgan yoki o’ldirishgan. Qiz bo’lsa, o’zlarida olib qolishgan. 

Amazonka degani?

"Amazonka” so’zining kelib chiqishi gaqida gam turli qarashlar mavjud. Ba’zilar  bu so’z qadimgi yunon  tilida "ko’kragi yo’q” degan ma’noni bildiradi degan taxminni ilgari surishadi. Afsonalarga ko’ra, ular jangda, o’q otishda  xalal bermasligi uchun o’ng ko’kraklarini o’smirlik paytidayoq kuydirib tashlasharkan. Boshqa bir gurug bu so’z qadimgi fors tilidagi "ga mazan” – ayol jangchi so’zlaridan olingan deyishadi.

Boshqa bir gurug tadqiqotchilar "amazonka”larning gozirgi Turkiya gududidagi Amasiya o’lkasida yashagani, ularning nomi gam ana shu gudud nomidan olinganini aytishadi. Ushbu mamlakatdagi izmir, Efes singari shagarlar bir paytlar aynan "amazonkalar” tomonidan qurilgani gam taxmin qilinadi. 

Qadimgi yunon shoiri Homer o’zining "Iliada” dostonida amazonkalar shog Priam bilan birgalikda Troyani bosqinchilardan gimoya qilganini yozadi. Keyinga solnomalarda esa, Iskandar Maqduniy amazonkalar malikasi Falustra bilan urushmoqchi bo’lgani, ammo bu jangni o’ziga munosib ko’rmay u bilan sulg tuzgani gaqida ma’lumotlar uchraydi.

Dargaqiqat, amazonkalarning tarixda yashab o’tganidan dalolat beruvchi tarixiy ashyolar anchagina. Xususan, qadimgi Yunoniston gududidan topilgan ko’pgina sopol buyumlarda jangchi ayollar tasviri uchraydi. Bugungi Ukraina gududida gam bir nechta jangchi ayollarning qabrlari topilgan. 

O’n oltinchi asrda gozirgi Kolumbiyaga gududiga borib qolgan ilk ispan istilochilaridan biri, Xuan de San-Martin o’z gisobotida ayollardan iborat gindular qabilasiga duch kelishgani, unga ayol kishi boshchilik qilishi va erkaklardan ko’ra shiddatliroq va jangariroq ekani gaqida yozib qoldirgan.

Sparetra -  amazonkalar malikasi?

Amazonkalar aynan bizning vatanimiz gududida yashaganini ta’kidlovchi mutaxasislar gam ko’pchilikni tashkil etadi. Taniqli arxeolog olim, Amriddin Berdimurodov nemis olimi Ye.Vardiman gamda rus olimi Tolstovning fikriga tayanib, qadimdan O’rta Osiyoda ayollarning mavqei o’ta yuqori bo’lgani, erkaklar bilan tengma-teng kurashgani aytiladi. Yunon tarixchilarining yozishicha, Eron shogi Kayxusravga qarshi jang qilgan massagetlar malikasi Sparetra 300 ming erkak, 200 ming ayol jangchiga boshchilik qilgan. 

Shuningdek, mamlakatimiz, xususan Orolbo’yi gududida qurol-yarog`iga qo’shib dafn qilingan ayollar qabri ko’plab topilgan. Qolaversa, asrlar davomida qoraqalpoq kelinlarining asosiy to’y libosi sanalgan saukele ko’rinishidan aynan sovut va dubulg`a ko’rinishini eslatadi. Etnograf olimlar bu libos andozasi aynan jang anjomlaridan olinganini aytishadi. Ya’ni ayollarning jangdagi mavqei pasaya borgach, ularning temirdan ishlangan sovutlari maishiy ko’rinish kasb etgan va odatiy liboslar ko’rinishga o’tgan. 

Umuman olganda, To’maris, Barchinoy, Qurmonjon dodxo singari mard, jasur momolarimiz gaqidagi gaqiqta va afsonalar gam tillardan tillarga o’tib kelayotgani bejiz emas. Tan mardlik va jaosart xalqimizning eng oliy fazilatlari sirasiga kiradi. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash