loading...

Polineziya orollar o‘lkasida 

4105

Shved etnograf olimi Bengt Danielson Okeaniyaga bir necha bor sayohat qilgan, asarlar yozgan. B.Danielsonning «Polineziya—okeandagi quruqlik» nomli kitobchasidan polineziyaliklaming hayoti va urf-odatlari  haqida  quyidagi ma’lumotlar bor.

Polineziyada hamisha yoz bo‘lgani uchun yerli xalq yengil-yelpi  kiyinadi. O‘smirlar va erkaklar, odatda po‘stloqdan qilingan avratpo‘sh taqadi, xotin-qizlar esa po‘stloqdan tayyorlangan kalta yubka kiyadi. Havo salqin paytlarda erkaklar  ham,  ayollar ham  po‘stloqdan  qilingan plash  kiyib  olishadi. Samoa  va  Maijon orollarida  istiqomat  qiluvchi xalqlarda o‘simlik tolasidan tayyorlangan yubkalar keng tarqalgan. Ayrim orollarda raqsga tushgandagina gazlamadan tayyorlangan yubka kiyiladi. Ishdan keyin va bayram kunlari tizzagacha tushadigan peshband tutishadi.  Okeaniyada keng  tarqalgan bunday kiyim hozir ip gazlamadan  tayyorlanmoqda.

Ayollarning ko‘kragini ochib yurishi Polineziyada mutlaqo uyat hisoblanmaydi. Erkaklarning ayollar ko‘kragiga unchalik e’tibor bermasligi  shundan  bo‘lsa kerak. Ammo ayollarning qip-yalang‘och  yurishi  beodoblik sanaladi.  Bu  yerda ayollarning qayiqda yurishi  taqiqlab qo‘yilgan. Shuning uchun orolga  dengizchilar kelganda ayollar kemagacha faqat suzib borishlari mumkin. Po‘stloq yubka suv tegishi bilan ivib ketadi, shu tufayli ayollar suvga tushayotganda yubkalarini yechadi yoki  suzayotganlarida  yubka ivib  tushib  qoladi. Qip-yalang‘och  bo‘lishdan uyalib bo‘lsa kerak, ko‘pchilik ayollar kemaga suzib bormay, sohilda qoladi. Ammo dengizchilar har xil matolar, ko‘zgu  va  maijon kabi  buyumlarni  ko‘z-ko‘z qilib  ulami  yo‘ldan urishadi.  Natijada  ba’zi ayollar  taqiqni  buzishga majbur  bo‘lishadi.

Bu  yerda  oila faqat  ota-ona  va bolalardangina  iborat  bo‘lmay, turli yoshdagi boshqa qarindoshlari ham shu oilaning a’zosi hisoblanadi. Odatga ko‘ra, yigitlar va qizlar to‘lishgandagina voyaga yetgan hisoblanadi. Badavlat oilalarda  tezroq semirish uchun bolalar qorong‘i uyda ovqatlantiriladi va qaddi-qomatiga yoshligidan e’tibor beriladi. Bola voyaga yetganida sarv-qomat bo‘lishi uchun bolaligidanoq muskullari rivojlantiriladi, umurtqa pog‘onalari  vaqt-vaqti  bilan silanadi,  oyoqlari cho‘ziladi.

Oilalarda yosh bolalarga chol, kampirlar qarashadi. Iqlim issiq bo`lgani uchun hamma bolalar 6 yoshgacha yalang‘och yuradi, keyin peshband tutishadi. Polineziyada bolalarga maza, chunki bolalar yiqilib  tushishi ehtimoli  bo‘lgan narvon  ham,  qo`lini qisadigan eshik ham, sindirishi mumkin bo‘lgan choynak-piyola ham, hayot uchun xavfli elektr simlari, mashinalar ham yo‘q.

Polineziyalik bolalar o‘n yoshidan mustaqillikka ega bo`lishadi. Bolalari bir necha kungacha uyiga kelmasa ham ota-ona  xavotir olmaydi,  chunki  bolalar och  qolishmaydi - baliq  ovlashadi,  meva-cheva terib  yeydi, hamma yerda  ularga boshpana topiladi, juda bo‘lmasa, palma daraxti tagida ham tunab ketishaveradi. Bu o‘lkada qat’iy jadvalli umumiy ta’lim  maktablari yo‘q. Gap shundaki, polineziyaliklar farzand ota-onasiga taqlid qilishi va ularga ko‘maklashishi kerak, yoshlik yillari hayotiy masalalarni o‘rganish va hayotga tayyorlanish davri bo‘lishi kerak, deb hisoblashadi.

Oshiq-ma’shuqlar bir-birlariga  shoirona sevgi  izhor etishadi. Kattalar sevgi-muhabbatni shunchalik qadrlashadiki, hatto yoshlarni o‘z mayllariga qo‘yib berishadi. Polineziyaliklarning fikricha, bolalik va o‘smirlik davri jiddiy hayotga tayyorgarlik ko‘rishning ilk bosqichi hisoblanadi. Kattalar hatto yosh bolalardan maslahat so‘raydi. Bolalar ba’zan muhim masalalarni ham kattalarsiz, o‘zlaricha hal qilaveradi.

Yoshlar balog‘atga yetgani  hamon turmush quradi.  Ajrashgan  er-xotinlar, tul erkak va beva xotinlar ham vaqtni o‘tkazmay qaytadan oilali bo‘lib olishadi. Yigit yoki qizning qachon turmush qurishini,  ya’ni  to‘y o‘tkaziladigan vaqtni ota-ona belgilaydi. Biron yirik: qabila boshlig‘ining o‘g‘li yoki qizi turmush quradigan bo`lsa, bu  masala ko‘p kishilik kengashda muhokama qilinadi. Muhokama ba’zan bir necha kunga cho‘zilishi  mumkin.

Aslzodalar o‘z farzandlarini yoshligidan unashib qo‘yadi. Ularda yoshlarning oila qurishida ota-ona  hal  qiluvchi rol o‘ynaganidan yigit qizdan unga turmushga chiqishga rozimi-yo‘qmi ekanligini so‘ramaydi,  balkiqizlari  bilan  turmush qurishga rozilik berishlarini ota-onasidan so‘raydi; ota-onasining roziligi bilan qizning uyiga baliq, qovurilgan cho‘chqa bolasi kabi yegulik sovg‘a olib keladi-da, gapning dangalini aytib qo‘ya qoladi. Qizning ota-onasi esa,  ko‘pincha,  qizi bilan  maslahatlashib o'tirmay, javob berib yuboraveradi.

Polineziyada er-xotin juda osonlik bilan ajrashib ketishi mumkin. Qo‘ydi-chiqdilarga,  ko‘pincha, o‘zaro  vafosizlik  va dag‘al muomala sabab bo‘ladi. Muomala to‘g‘ri kelmay qolsa, er-xotinlar darrov ajralishadi, mol-mulk va bolalar bo‘lib olinadi. Odatda, ayol qiz bolalarni va chaqaloqni,  er esa kattaroq yoshdagi o‘g‘il bolalarni oladi.  Polineziyaliklar  urf-odatiga ko‘ra, beva ayol o`lgan erining aka-ukalaridan biriga turmushga chiqishi kerak. Bu hol ayol uchun erish tuyulmaydi, albatta. Polineziyaning ko‘pgina orollarida bir erkakka bir necha ayol  nikohlanadi. Faqat Markiz orollaridagina bir ayol bir necha erkak bilan nikohlanishi mumkin; bunga sabab - bu orollarda erkaklar Polineziyaning boshqa joylariga qaraganda ayollardan ancha ko‘pligidir. Bir ayolning uch-to‘rtta eri bo`lsa-da, oilaga ayol emas, balki erkaklardan biri boshchilik qiladi. Qolgan erlar bosh erga itoat etadi. Bosh er o`zidan bo`lgan bolalarga ham, xotinining boshqa erlaridan bo‘lgan bolalariga ham otalik qiladi. Uy-joylar katta o‘g‘ilga meros  qoladi. Merosxo‘r qiz bo‘lsa  meros, noiloj, qizning nomiga o‘tadi.

Pohneziyada taqiqni buzish jinoyat hisoblanadi. Masalan, Markiz orollarida ayol yoki bola biror buyum ustidan hatlab  o‘tsa, bu buyumni ishlatish mumkin emas. Buni ham qo‘yavering. Agar shu buyum avval erkak  kishining boshi  tepasida  turgan bo‘lsa, buyum egasi taqiqni buzgan  ayol yoki bolani  o‘ldirishi lozim, shu bilangina u o‘z gunohini yuvadi. Agar ayol erining  tovog‘idagi ovqatni yesa, qattiq jazoga mahkum etiladi. Yerli xalq  kasallik,  o‘lim, jarohatlanish, jangda halok bo‘lishning  hammasiga taqiqni buzishlar sababchi deb bilib, shunga  ishonishadi. Ayollarga  nоpоk  mavjudot deb  qaralganligidan xotinning  eri bilan bir xil ovqat yeyishi va birga ovqatlanishi  taqiqlab qo‘yilgan. Har bir oilada er va xotin uchun alohida-alohida  oshxona, ovqatlanadigan xona  bo‘ladi. Bunday  taqiqdan ko‘pincha  ayollar  ozor chekadi.  Mabodo  eri xotinining biror narsasiga tegib ketsa,  xotin bu  narsani boshqa  ishlata olmaydi,  eri  esa undan  bemalol  foydalanaveradi.  Cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunes balig‘i, tovuq faqat erkaklar taomi hisoblanadi, ayollaming bu taomlami  iste’mol qilishi  man  etilgan.

Polineziyaliklar kiyimini yuvmaydi, chunki daraxt po‘stlog‘idan tayyorlangan material suvda ivib ketadi. Shu boisdan iflos kiyimni tashlab, yangisini kiyib olishaveradi. Ular idish-tovoqni ham yuvmaydi,  ularning tovog‘i  —  barglar; yuqorida aytilganidek, ovqatni katta-katta  barglarga suzib, qo‘lda yeyishaveradi.

Polineziyada mehnat  erkak  va ayollar biologiyasiga  asos-lanib  taqsimlanadi.  Ayollar yengilroq,  erkaklar  esa og‘irroq  ishlami bajaradi.  Bu yerda vaqt hisobi olib borilmaydi, qachon  va  qanday ishlashni  har kim o‘zi belgilaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash