loading...

Odam haqida kutilmagan ma’lumotlar 

15480


- Odamdagi DNK 80 000 gendan tarkib topgan.
- O‘rtacha umr davomida odam boshidan o‘sib chiqadigan sochlarning uzunligi 725 kilometrga yetadi.
- Sarg‘ish-malla odamlarning soqoli qoracha odamlarnikidan ko‘ra tezroq o‘sadi.
- Gripp epidemiyasi 1918 – 1919 yillarda AQSH va yevropalik 20 milliondan ortiq odamni hayotdan olib ketgan.
- Odamning barmoqlari o‘rtacha umri davomida 25 million marta bukilib-yoziladi.
- Odam tug‘ilgan payt uning miyasida 14 milliard hujayra bo‘ladi va bu o‘lgunicha ko‘paymaydi. Aksincha, 25 yoshdan keyin kuniga 100 mingdan kamayib boradi. Kitob o‘qishga sarflangan 1 daqiqa vaqt 70 taga yaqin hujayrani o‘ldiradi. 40 yoshdan keyin inqiroz jarayoni tezlashadi va miya yengillashib, kichrayib boradi.
- Odam suyagining 50 foizi suvdan iborat.
- Odam tanasida yashovchi bakteriyalarning umumiy og‘irligi 2 kilogrammga yetadi.
- Odamning bosh miyasida sekundiga 100 000 kimyoviy reaktsiya sodir bo‘ladi.
- Bola tug‘ilganda tizzasining ko‘zi bo‘lmaydi, u 2-6 yoshda paydo bo‘ladi.
- Odam yuragining hajmi mushtumiga teng. Voyaga yetgan odamning yuragi o‘rtacha 220-260 gramm og‘irlikka ega bo‘ladi.
- Odamda 2 million ter bezlari bor. Har bir litr ter uchun 540 kaloriya sarflanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan 40 foiz ko‘proq ter chiqaradi.
- Odam kuniga o‘rtacha 23 000 marta nafas oladi yoki nafas chiqaradi.
- Odam ko‘zi 10 000 000 rang turini farqlay oladi.
- Odam og‘zida 40 000 ga yaqin bakteriya yashaydi.
- Odamda 33 yoki 34 ta umurtqa suyagi bo‘ladi.
- Ayollar erkaklarga qaraganda taxminan 2 barobar ko‘p ko‘z ochib yumadi.
- Odam tanasidagi eng mustahkam muskul – til.
- Odam tanasida 2000 ta ta’m biluvchi sezgi organi bor.
- Bola 300 ta suyak bilan tug‘iladi, balog‘atga yetganda 206 tasigina qoladi, xolos.
- Odam yuragi bir yilda taxminan 36 800 000 marta uradi.
- Ko‘k ko‘zli odamlar boshqalarga qaraganda ko‘proq kasalga chalinadilar.
- Odam tanasi o‘rtacha umri davomida 1000 marta o‘zgaradi.
- Tumov chaqiradigan 100 dan ortiq turdagi virus bor.
- Kulgan payt 17 ta muskul "ishlaydi”.
- Balog‘atga yetgan odam tanasidagi nerv tolalari uzunligi  o‘rtacha 75 kilometrni tashkil etadi.
- Odam tanasidagi issiqlikning 80 foizi boshidan chiqib ketadi.
- Notanish ish bilan ilk bor shug‘ullanish miyani rivojlantirishning eng yaxshi usuli. Aqliy salohiyati o‘zingizdan ustun bo‘lgan odamlar bilan suhbatlashish ham miya rivojiga tez ta’sir ko‘rsatadi. Miya xuddi muskullar singari qancha ko‘p ishlasa, shuncha ko‘p o‘sadi.
- Bitta odamning tanasida butun yer yuzidagi odamlardan ko‘proq tirik organizm yashaydi.
- Burun insonning butun umri davomida kattalashadi.
- Bir dona soch 3 kg gacha yuk ko‘tarishi mumkin. 
Rus tilidan Orifjon MADVALIYEV tarjimasi

 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash