loading...

Geografiya ta’limida innovatsion g`oyalar 

7595

 
 
Bugungi kunda barcha sohalarga innovatsion g`oyalar, fikrlar kirib kelmoqda. Bu jarayon ta`lim sohasini ham chetlab o`tmagan holda, barcha fanlar tizimida yangiliklar, dars o`tishning yangi usullari, yangi pedagogik tehnologiyalar orqali darsning sifati, mazmuni va jozibadorligi o`quvchini ham o`ziga jalb etmoqda. Hozirda mamlakatimizning barcha maktablarida o`z ish faoliyatini olib borayotgan ustoz va murabbiylar zamonaviy o`qitish usullarini bosqichma-bosqich yaratib bormoqdalar, shuningdek, geografiya fanida ham hozirda darslarni tashkil etishda turli xil metodlar yaratilmoqda, lekin shu ham ta’kidlash joizki, geografiya fanini boshqa fanlar bilan taqqoslaganda juda ham ortda ekanligi sezilib turibdi, bunga birgina bizning fanimizga kirib kelayotgan yangi inovatsion metodlar boshqa yetakchi fanlarda ancha oldin ildamlab ketgani bunga yorqin misol bo`la oladi. Geografiya o`qituvchisi 45 daqiqalik dars jarayonida ana’naviy dars metodlaridan foydalanib, shu bilan birga innovatsion pedagogik texnologiyalarni, turli xil pedagogik o`yinlarni, ya’ni  ana’naviy dars metodlari bilan birga yangi dars o`tish usullarini uyg`unlikda dars jarayoniga moslashtira olishi zarur. Hozirgi kundagi jadal rivojlanib borayotgan fanlar tizimi va kuchli raqobat bo`layotgan bir davrda geografiya fanining o`z o`rnini saqlab qolishi geografiya ustozlari va murabbiylariga bog`liq bo`lib qolganligi, ustozlarimizning yangi dars o`tish usullari, yangi metodik loyihalarni o`rganib, geografiya faniga qo`llay olishi fanimizning eng katta yutuqlaridan birib bo`lib qoladi degan umiddaman, zero o`quvchilarning bilish faoliyatini takomillashtirish va ta’lim samaradaorligini oshirishga imkon beradigan yangi pedagogik texnologiyalar o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ta’lim jarayonidagi yangi imkoniyatlar eshigi vazifasini ham o`taydi.

"Geografiya ta’limida innovatsion g`oyalar" mavzusiga quyidagi shakldan foydalanib geografiya ta`limini takomillashtirish bo`yicha o`z fikringizni qoldiring.

  Nozimjon Azimov
Guliston Davlat Universiteti
Geografiya o`qitish metodikasi yo`nalishi 
4-kurs talabasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash