loading...

Muallim matonat timsoli 

4739

O`qituvchi odobining xususiy (o`ziga xos) qonuniyatlari:
  • O`qituvchilik kasbini va bolalarni sevish;
  • O`qituvchi o`zi dars beradigan fanni, uni o`qitish nazariyasi va metodikasini, pedagogika, psixologiya va mafkuraga doir chuqur bilimga, yuksak ma`naviy madaniyatga ega bo`lishi;
  • O`qituvchi shaxsining axloqiy pokligi;
  • Jamiyat oldidagi burchini, pedagogik  mas`uliyatini yuksak darajada anglash, axloqiy e`tiqodli bo`lish;
  • O`zi bajarayotgan ishning haqligiga va o`z kuchiga, o`quvchilarining har biri ulg`ayib jamiyat uchun foydali, yaxshi odam bo`lib yetishishiga ishonch;
  • O`qituvchining yaxshilik qilish istagi, xushmuoalaligi va amaliy ishlarining, ya`ni so`zi bilan ishining birligi;
  • Hamma o`quvchilarga nisbatan xolis niyatli, ob`yektiv, talabchan, adolatli bo`lish;
  • Pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri bilan pedagogik ijodkorlikning uyg`unligi;
  • Pedagogik jarayonda sodir bo`lib turadigan ziddiyatlar, nizolarni ma`muriy yo`l bilan emas, balki axloqiy mezonlar asosida murosaga kelish yo`li bilan hal etish;
  • Sinf jamoasining fikr-mulohazalarini e`tiborga olish, ularga ishonch bilan qarash, bolaning xulqiga baho berganda uning sabablarini, motivlarini e`tiborga olish;
  • Sinfda muallim "yaxshi ko`radigan”, "yomon ko`radigan” o`quvchilar bo`lmasligi kerak. O`quvchini biror xato xatti-harakati uchun yomon ko`rib qolmaslik, har bir bolaning yaxshi fazilatlarini aniqlash, o`stirish va tarbiyaviy ta`sir o`tkazishda unga tayanish;
  • O`qituvchi o`zining butun hayoti va mehnat faoliyatida yomonlikka, adolatsizlikka, nopoklikka, xulqi buzuqlikka nisbatan murosasiz ekanligini ko`rsatishi;
  • Bolaning ishonchini suiiste`mol qilmaslik, uning qalbiga "sir”larini oshkor etmaslik, oldin yo`l qo`ygan xatolarini tana qilmaslik;
  • Muallim tarbiyachi sifatida, axloqan pok, tajribali inson sifatida o`quvchilarga axloqiy yo`l-yo`riqlarni o`rgatishi, ularda xayrli voqealar va dalillarga ijobiy munosabatni, axloqsizlik dalillariga murosasiz bo`lish tuyg`usini o`stirish;
  • Bolalar bilan muomala va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashish, pedagogik holatni saqlash;
O`qituvchi odobining manbalariga quyidagilar kiradi:
  • O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni  "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,  Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta`limga doir hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, ma`ruzalari, nutqlari;
  • Umuminsoniy va milliy axloqqa, kasb odobiga doir ilmiy asarlar;
  • Quro`ni Karim, Hadisi Sharif;
  • O`rta Osiyoda yashab ijod etgan donishmandlarning madaniy ma`rifiy, pedagogik merosi;
  • Milliy-axloqiy qadriyatlar, an`analar, urf-odatlar;
  • O`zbek xalq pedagogikasi asarlari, odobnomalar va ularga doir ilmiy-pedagogik taqdiqotlar;
  • Axloqiy tarbiyaga doir, o`qituvchi odobiga doir ta`limotlar;
  • Maktablarda odobnoma, adabiyot va boshqa fanlarni o`qitish tajribasi, pedagogik amaliyotga doir materiallar;
  • Ta`lim-tarbiya jarayonini, pedagogik faoliyatini aks ettirgan badiiy asarlar va boshqalar;

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash