loading...

PISA topshiriqlari. Kislotali yomg‘irlar 

8909

Quyida keltirilgan rasmda 2500 yil avval Afinadagi Akropolda barpo etilib, Kariatidalar deb nomlangan haykallar tasvirlangan. Bu haykallar marmar degan tog‘ jinsidan yasalgan. Marmar tarkibiga kalsiy karbonat kiradi.

1980-yilda asl haykallar Akropol muzeyiga ko‘chirilibdi, ularning nusxalari bilan almashtirildi. Asl haykallar kislotali yomg‘irlar ta’sirida yemirilgan edi.



1-savol:
Oddiy yomg‘ir biroz kislotalidir, chunki u havodan kam miqdorda karbonat angidridni yutib oladi. Oddiy yomg‘irga nisbatan kislotali yomg‘irlarning kislotaliligi yuqori, chunki u karbonat angidriddan tashqari oltingugurt oksidi va azot oksidlarini ham yutadi.

Havoga oltingugurt oksidi va azot oksidlari qayerdan keladi?

2-savol:
Kechasiga sirka kislotaga solinishidan avvalmarmar bo‘lakchasining massasi 2,0 g ga teng edi. Ertasiga bu bo‘lakcha sirka kislotadan olinib,quritildi. Quritilgan marmar bo‘lakchasining massasi nechaga teng bo‘ladi?
A) 2,0 g dan kam
B) roppa-rosa 2 g
C) 2,0 va 2,4 g oralig‘ida
D) 2,4 g dan ortiq

3-savol:
Ushbu tajribani o‘tkazgan o‘quvchilar marmar bo‘lakchasinishuningdek, toza (distillangan) suvga ham bir kechaga tushirib qo‘ydilar. Bu tajribani o‘quvchilar nima uchun o‘tkazganini tushuntiring.

4-savol:
Quyidagi fikrlar qanchalik darajada sizni qiziqtiradi?

Har bir qatorda faqat bitta katakka (+) belgisini qo‘ying.



Juda ham qiziqtiradi
Qiziqtiradi
Unchalik qiziqtirmaydi
Qiziqtirmaydi
A)
Kislotali yomg‘irlar hosil bo‘lishiga inson faoliyatining qaysi turi ko‘proq ta’sir qilishini bilish




B)
Kislotali yomg‘irlarga sabab bo‘ladigan gazlarning ajralib chiqishini kamaytiradigan texnologiyalar haqida bilish




C)
Kislotali yomg‘irlar ta’siridan yemirilgan binolarni qayta tiklash uchun ishlatiladigan metodlarni tushunish




 
5-savol:
Quyidagi fikrlarni qanchalik darajada ma`qullaysiz?
Har bir qatorda faqat bitta katakka (+) belgisini qo‘ying. 


Butunlay 
ma`qullayman
Ma`qullayman
Ma`qullamayman
Butunlay ma`qullamayman

A)
Qadimgi xarobalarni asrash ularning yemirilish sabablariga oid ilmiy ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi kerak




B)
Kislotali yomg‘irlarning sabablari haqidagi barcha fikrlar ilmiy tadqiqotlarga
asoslanishi kerak




Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash