loading...

Yer sayyorasi 2028-yilga kelib “yosharadi” 

1028

Rossiyalik olimning ta’kidlashicha, bunga Yer aylanishining tezlashishi sabab bo‘lmoqda.

Fizika-texnika va radiotexnika o‘lchovlari Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti ilg‘or tadqiqotlar va vaqt va chastotani o‘lchash bo‘limi bosh ilmiy xodimi Vitaliy Palchikov 2028-yilda Yer aylanishining tezlashishi uni bir soniyaga yoshartiradi, degan fikrda.

— So‘nggi yillarda Yerning aylanish tezligi anomal ravishda oshib bormoqda, buni qoplash uchun 2028-yilga kelib vaqtdan bir soniyani ayirish kerak bo‘ladi, — dedi olim. — Yadro inersiya paytining o‘zgarishi Yerning aylanish sur’atining tezlashish ta’sirini tushuntirishi mumkin bo‘lgan farazlardan biridir. Soniyalarni ayirish 2028 yillarda amalga oshishi mumkin.

Uning aniqlik kiritishicha, hozirda Yer aylanishining tezlashishini to‘liq tushuntirishning imkoni yo‘q. Biroq bir kun kelib buning imkoni bo‘ladi. Yana bir faraz anomal miqdordagi yog‘ingarchilik Yerning aylanishining tezlashishiga, yog‘ingarchilikning bug‘lanishi esa, aksincha, sekinlashishiga olib kelishi bilan bog‘liq. Lekin bu ta’sirlar bir-birini qoplamaydi, deb ta’kidladi olim.

Uning aytishicha, Yer aylanishining tezlashishi oqibatida 2022-yilning 29-iyuni tarixdagi eng qisqa kun bo‘lgan.

Palchikovning so‘zlariga ko‘ra, Yerning tezlashishi anomal xarakterga ega, biroq yaqin vaqtgacha bizning sayyoramiz sekinlashayotgan edi. Uning aylanish tezligi pasayishini qoplash uchun o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab tuzatishlar doirasida qo‘shimcha 37 soniya joriy etilgan edi, deb xabar beradi ria.ru.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.