loading...

Ekspert xulosasining tayyorlanishi 

5299

  Taqdim etilgan tabiiy geografik, iqtisodiy geografik, ekologik va muhandislik (inshoot yoki obyekt to‘g‘risida) ma’lumotlarning tahlili asosida ekspert xulosasi tayyorlanadi.
  Ekspert xulosasi quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi.
  1. Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng, ya’ni obyekt yoki korxona ishga tushirilganidan keyin uning faoliyati davomida tabiiy muhitda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga baho beriladi.
  Agar foydali qazilma koni ishga tushiriladigan bo‘lsa, uning tabiatga ta’siri quyidagi yo‘nalishlarda baholanishi mumkin: a) kon ochiq usulda qazib olinadigan bo‘lsa, uning chuqurligi va maydoni, ishdan chiqadigan qishloq xo‘jalik yerlari, aholi manzilgohlari va ularni ko‘chirish masalalari, tuproq, o‘simlik qoplamining o‘zgarishi, ularni qayta tiklash muammosi; b) yerosti suvlari sathining pasayishi va uning atrofidagi landshaftlarning o‘zgarishga ta’siri, yerosti va yer usti suvlarining ifloslanishi, ularga qarshi kurash choralari, atmosferaning ifloslanishi, tabiiy va tabiiy-texnogen jarayonlarning rivojlanishi hamda ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish, kon to‘la qazib bo‘linganidan so‘ng undan foy­dalanish va buzilgan yerlarni qayta tiklash (rekultivatsiya) masalalari; d) aholi salomatligi va unga tabiiy muhit ifloslanishining ta’siri.
  2. Tabiiy sharoit yoki tabiiy geografik jarayonlarning obyekt yoki inshoot faoliyatiga ta’siri.
  Tabiiy sharoiti murakkab bo‘lgan baland tog‘larda foydali qazilmalar yopiq usulda qazib olinadi. Chunki bunday sharoitda konlarni ochiq usulda qazib olish katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
  Konlarning maydoni aniq va to‘g‘ri o‘lchangan bo‘lmog‘i lozim. Bu maydon doirasida aholi manzilgohlari va yirik muhan­dislik inshootlarini qurish man etiladi. Masalan, Angren ko‘mir konida tabiiy sharoitni hisobga olmaslik natijasida Angren shahri ikki marta ko‘chirilgan. Hozirgi ko‘mir tarqalgan maydondan tashqarida yangi Angren shahri qurilgan.
  3. Ekspertlar guruhiga jalb qilingan mutaxassislarning to‘liq xulosalari olingandan so‘ng, umumiy xulosalar ishlab chiqiladi. Qulay va mahsuldor yer, yaylov resurslari kamroq o‘zgarishini e’tiborga olib konni qazib olishning optimal usuli tanlanishi mumkin (yopiq, ochiq yoki maxsus usulda). Tabiatga bo‘ladigan ta’sirni kamaytirish maqsadida ekologik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish, uni loyihaga kiritish tavsiya etiladi.
  Ekspertlar guruhi olingan ma’lumotlar asosida umumiy asoslangan xulosaga keladi. Ekspertiza natijasiga qarab, loyiha qaytarilishi ham mumkin, bu holda u qayta ishlashga yuboriladi yoki korxona qurilishiga umuman ruxsat berilmaydi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash