Atrof-muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza asoslari
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlar- ni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha taklifl ar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. Shu munosabat bilan fanda yangi monitoring (lotincha «monitor» – esga soladigan, ogohlanti- radigan) tushunchasi paydo bo‘ldi.
Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.
Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv tadbirlarini qo‘llashdir.
Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifl oslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi.
Akademik I.P.Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.
Bioekologik monitoring bosqichida atrof-muhitning iflslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtayi nazaridan kuzatiladi. Mazkur bosqichda odamlarning kasallanishi, o‘lim, tug‘ilish, uzoq umr ko‘rish va boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu ma’lumotlar insonning atrof-muhit o‘zgarishiga aks ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena xizmati ma’lumotlariga tayanib ish ko‘riladi.
Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan chiqindi va moddalar bo‘yicha kuzatishni tashkil qiladi.
Geoekologik monitoring bosqichida, asosan, tabiiy, tabiiy-antropogen geotizimlar, rekreatsion hududlar kuzatiladi va nazorat qilinadi. Mazkur bosqich uchun tabiatni ifl oslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miqdori va geotizimlarning o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Kuzatishlar geografl k statsionarlarda, maxsus zona yoki poligonlarda olib boriladi. Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha kuzatish tashkil etiladi. Bu borada geotizimlarning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i lozim.
Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changlanishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘proq e’tibor beri ladi. Kuzatishning asosiy maqsadi dunyo miqyosida bo‘ladigan o‘zgarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga qo‘riqxonalar va aholining xo‘jalik faoliyati zonalari kiradi.
Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib ketishiga, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.
O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish. O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, konchilik, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so‘nggi 50–60 yil davomida tez sur’atlar bilan rivoj- lanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit holatini muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati yuzaga keldi.
Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha muassasa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan, yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishi O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli «O‘zbekgidrogeologiya» korxonasi tomonidan, tuproqlarning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori, kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, o‘rmonlar holati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kuzatilib, nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-muhit holati bo‘yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha olib borilgan kuzatish va nazorat ma’lumotlari yig‘ilib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Geografik-ekologik ekspertiza asoslari. XX asrning 60–70-yillaridan e’tiboran yirik xo‘jalik korxonalarini qurish va boshqa tadbirlar loyihalari mutaxassislarning har tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati bilangina amalga oshirila boshlandi. Bu jarayon umumiy ma’noda ekspertiza deb ataladi.
Ekspertiza deb, yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi. «Ekspert» so‘zi lotin tilida «tajribali» degan ma’noni bildiradi. Ekspert – biror sohada ekspertiza o‘tkazuvchi mutaxassis. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo‘yicha ekspertiza, asosan, loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga ta’sirini baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Ekspertizalar geograf k va ekologik ekspertizaga bo‘linadi.
Geografik ekspertiza deb, loyihalashtirilayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi.
Ekologik ekspertiza deb, inson faoliyatining atrof-muhit biologik (o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta’sirini baho lashga aytiladi.
Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va bir-birini taqozo qilishini e’tiborga olib, geograf k-ekologik ekspertiza deb ataladi. Geograf k-ekologik ekspertiza ekspertiza jarayonida muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi e’tiborga olinadi.
Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat ekspertizasi, Vazirlik ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo‘mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo‘yicha ekspertiza Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu tashkilotda ekologik-geografik ekspertiza boshqarmasi mavjud.
O‘zbekistonda geografik-ekologik ekspertiza o‘tkazish. O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalarini ekologik talablarga mos holda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atroflicha tahlil qilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib qoluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy moslamalarni o‘rnatishga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha korxonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda bo‘lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o‘tkazilgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.