loading...

Globus bilan ishlash 

14340

  Globus geografiya uchun  eng zarur qo’llanmadir. Yer sharining  modeli. Globusning  qimmatli va o’ziga  xos xususiyati uni teng  masshtabligidir . Globus- yer haqida  to’g’ri tasavvur beradigan  maydon va eng  qisqa  oraliqlarni to’g’ri ko’rsatadigan  va ifodalaydigan asosiy o’quv  qurolidir. Globus barcha  tabiiy geografiya  kurslarida quyidagi  masalalarni hal etishda qo`llaniladi: 
  • Yerning  umumiy ko’rinishini  tasavvur etishda;  
  • Yerning sharsimonligini isbotlashda; 
  • Yer yuzasidan kotarilgani sari   gorizantning  kengayib borishi  tushuntirishda;  
  • Materiklar  bilan okeanlarning  o’zaro holati; 
  • Kattalik, shakllarini o’rganishda; 
  • Qutb nuqtasining xususiyati va  Qutbdagi yo’nalishlarni o’rganishda; 
  • Qutb, ekvator, meridian, paralellarning o’rganishda;  
  • Yarimshar tushunchalarni egallashda; 
  • Yerning o’z o’qi atrofidagi harakatini  tasavvur etishda; 
  • Yer  o`qining  yuzasiga  nisbatan  oqqanligini  tushuntirishda; 
  • Yil fasllarini o’rganishda;  
  • Oyning yer atrofida  harakatining  o’rganishda;  
  • Fasllarining vujudga kelishini tushuntirishda; 
  • Quyosh va Oy  tutulishini  o’rganishda; 
  • Yerning kattaligini va ellipsligini tushuntirishda; 
  • Yer sharining kattaligiga  nisbatan tog’ tizmalarining  balandligini tasavvur etishda; 
  • Gradus to’rini o’rganishda; 
  • Kenglik va o’zunlikni tasavvur etishda; 
  • Geografik koordinadalarni belgilashda; 
  • Quyosh nurining  yer sharining  turli kengliklarda turli burchak bilan  tushishini ko’rsatishda; 
  • Tropiklar va qutubni, doiralarini tushinishda; 
  • Yer sharining  issiqlik mintaqlarini  o’rganishda;  
  • Atmosferaning umumiy  sirkulyasiyasini o’rganishda; 
  • Passatlarni o’rganishda; 
  • Dengiz oqimlarini tushintirishda; 
  • Sayohat va  uchush yo’llarini ko’rsatishda; 
  • Joyning geografik o’rnini aniqlashda; 
  • Havo va suv yo’llarining  uzunligini ko’rsatishda; 
  • Arktika va Antarktida  tushunchalarini bilib olishda; 
  • O’zbekistoning yer sharidagi  o’rnini  tasavvur etishda; 
  • Yer sharidagi ayrim nuqtalarni bilib olishda;
  • Shaharlar orasidagi eng qisqa masofalarni aniqlashda; 
  Globusdan, odatda, karta  bilan  birga  foydalaniladi. Ba’zi masalalar avval globusdan, keyin xarita o’rganiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash