Imtihonlarga tayyorgarlik: Qanday qilib ko‘p ma’lumotni eslab qolish mumkin?
- O‘z o‘rganish uslubingizni aniqlab oling!
- Barchamiz har xil insonlarmiz, shuning uchun imtihonlarga tayyorlanish strategiyasi ham farqlanadi. O‘z qobiliyatlaringizdan kelib chiqing. Agarda siz audial bo‘lsangiz darsliklarni va konspektlarni ovozingizni chiqarib o‘qing, agar kinestetik bo‘lsangiz – o‘z konspektlaringiz asosida shpargalkalar yozing va javoblaringizning rejalarini tuzib chiqing!
- Agar har bir yangi mavzuni avvalgilarisiz tushunishni iloji bo‘lmasa, unda faqat bir yo‘li qoladi: barchasini tartib bilan o‘rganing!
- Shuningdek, murakkab savollardan boshlash kerak, degan tushuncha bor. Ular uchun etarlicha vaqt ajratish kerak. Yaxshisi ularni toliqmasingizdan avvalroq o‘rganishni boshlasangiz yaxshi bo‘ladi. Oson savollarni keyingiga qoldiring!
- Yodlab olishga emas, tushunishga harakat qiling!
- Yodlab olish — yutqazib qo‘yishga olib keladi. Bundan tashqari, u uzoq vaqtni o‘g‘irlaydi. Savollardagi mantiqiy aloqalarni qidiring, bog‘liqliklarni o‘ylab toping.
- Albatta, har bir narsada yoddan bilish zarur bo‘lgan ma’lumotlar bor: sanalar, formulalar, echimlar. Biroq mantiqni anglab etsangiz, ularni eslab qolish yanada osonroq bo‘ladi.
- Imtihonlarda mavzuni o‘z so‘zlaringiz bilan aytib bering. Javob tushunarli bo‘lishi uchun yaxshilab fikrlang!
«3–4–5» metodikasi
- Birinchi kun fan bo‘yicha bilimlarni yangilash uchun o‘z metodichkangizni o‘qib chiqing. Bunday holda siz hech bo‘lmaganda 3 bahoga loyiq bo‘lishingiz kerak.
- Ikkinchi kun aynan o‘sha savollar ustida ishlang, biroq darslik bo‘yicha. Bunda siz ko‘proq murakkabliklarga oydinlik kiritasiz. Agar tirishqoqlik bilan harakat qilsangiz, demak 4 ga torta olasiz.
- So‘nggi kun o‘z javoblaringizni ideal darajaga olib chiqing: takrorlang, bo‘shliqlarni to‘ldiring, eslab qoling. Uchinchi kundan so‘ng, imtihonni a’lo bahoga topshira olasiz.
- Ikki kunni o‘rganishga, bir kunni esa qaytarishga ajrating!
- Tizim juda oddiy: barcha mavzuni ikkita teng qismga ajratish va ularni ikki kun ichida o‘rganish kerak. Uchinchi kun to‘liq yodlashga sarflansin.
- Bir mavzuga yopishib olmang!
- Agar bitta savol ustida uzoq vaqt o‘tirganingizni his etsangiz, uni tashlab keting. Tayyorgarlikda eng yaxshi rag‘batlantirish — taymer. Bu mavzuga qancha vaqt ajrata olasiz, shuni chamalagan holda, keyingilariga o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
- Vaqt bo‘yicha cheklovlar qo‘ying!
- Har bitta mavzuni uzoq va cheksiz o‘rganish mumkin, shu sababli eng asosiy ma’lumotlarni yodda saqlashga harakat qiling. Darslikdagi katta bo‘limdan eng kerakli bo‘lgan fikrlarni ajratib chiqing: kichik hajmda tuzib olingan mavzuni eslab qolish oson.
- Savol uchun javob berish rejasini tuzing!
- Har qanday, hattoki, eng uzun va murakkab savolni bir necha so‘zlar bilan ifodalash mumkin. Xuddi shunday javoblarni ham qisqaroq va tushunarliroq ifodalang. Bu mavzularni xotirada yaxshi saqlanishiga yordam beradi.
- Ikkita yoki uchta bo‘lib tayyorlaning!
- Sizga eng qiyin tuyulgan mavzularni yozib oling. Unga jamoa bilan birgalikda echim topish tez va osonroq bo‘ladi. Siz kabi imtihon topshirayotgan do‘stlarni uchrashuvga chaqirib, birgalikda tayyorlaning!
- Uchrashuv an’anaviy suhbatlar, hazil yoki dam olishga aylanib ketishi mumkin, lekin eng muhim vazifa va maqsadingiz yoddan chiqmasin.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.