Imtihonlar oldidan foydali tavsiyalar
1. Tanaffuslar qiling. Bu o‘zingizni erkin
qo‘yishingiz va yangi ma’lumotlarni to‘g‘ri taqsimlashingiz uchun yordam
beradi.
2. Telefonni o‘chiring, ijtimoiy tarmoqlarga kirmang, televizor yoniga
yaqinlashmang. Bunday ishtiyoqlarga qarshi kurashishda o‘zingizda kuch
topishingiz zarur.
3. To‘yib uxlang.
4. Ovqatlanish haqida unutmang: bu organizmga
qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Biroq haddan ziyod to‘yib ovqatlanish zararli.
Odatda to‘yimli taomlar iste’mol qilish kishini uyquga tortadi va
o‘rganishni istamay qolasiz.
5. Stressli holatlar va odamlarning salbiy fikrlaridan qochishga harakat
qiling.Tayyorgarlik vaqtidagi sharoit maksimal darajada yoqimli bo‘lishi
kerak.
6. Shpargalkaga ishonib
qolmang. Ko‘chirib olish imkoniyati ham bo‘lmasligi mumkin.
Agar ko‘chirib olish qo‘ligizdan kelmasa (tan oling, qo‘chirishga ham katta
mahorat kerak), bunga urinib ham o‘tirmang!
7. Dars qilish uchun o‘zingizga joy yarating: shinam, qulay,
yorug‘, barcha zarur buyumlar bilan jihozlangan. Xonada to‘shak bo‘lmasligi
kerak: zerikarli mavzularda uxlab qolish ehtimoli kuchli bo‘ladi.
8. Qayd qilingan ro‘yxatlar tuzing: ularni yodlab
olish oson.
9. Uzoq vaqt davomida o‘tirganda muskullarni bo‘shashtirish va chalg‘ish
uchun sport eng yaxshi vositadir. Bundan tashqari,
yugurish, velosiped haydash yoki shunga o‘xshash jismoniy mashqlar vaqtida
murakkab bo‘lgan savollar ustida shoshilmay fikrlashingiz mumkin.
10. Agar o‘qish uchun tayyor
emasligingizni his etsangiz, o‘zingiz uchun eng qiziq tuyulgan mavzularni
o‘rganishdan boshlang.
11. Kechki payt sayrga chiqing. Tayyorgarlik
chog‘ida asablar taranglashadi. Shu sababli biroz dam olish ham kerak.
12. Aniq tayyorgarlik rejasini tuzing.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.