Grenlandiya
Grenlandiyaning butun hududi deyarli to‘liq muz bilan qoplangan bo‘lib, uning qalinligi orol markazida 3000 km ga yetadi. So‘nggi bir necha yil ichida Grenlandiya muzliklaridan ajralib tushgan aysberglar soni bir necha baravarga ko‘paydi. Peterman muzligi 1962 yildan buyon ko‘chib yurayotgan eng katta aysbergga aylandi. Muzlikdagi chuchuk suv AQShning 120 kunlik ehtiyojini qondirgan bo‘lar edi. Muz qoplami erishi jarayonida quruqlikka tushadigan yuklama kamayadi va hudud asta-sekin ko‘tariladi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim sohil hududlarining balandligi bir yil ichida 2,5 sm ga ko‘tarilgan. Bu global isish bilan bog‘liqmi yoki yo‘q – olimlar hozircha bu savolga aniq javob bera olmayapti. Har qanday holatda ham, agar yuz berayotgan jarayon sekinlashmasa, Grenlandiyaning bahaybat muzliklari abadiy yo‘qolishi mumkin.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.