loading...

Saraton kasalligiga uchramaydigan yagona xalq va uzoq umr ko'ruvchi xunzakutlarning siri nimada? 

3471

Og'ir parhezlar, sportzal abonementlari, sehrli dori-darmonlar - zamonamiz kishilari uzoq umr ko'rish va yoshlikni uzaytirish uchun nimalar qilishmaydi deysiz. Universal eliksir kashf qilingunga qadar turli usullardan foydalanishga to'g'ri keladi, lekin ular har doim ham samara beravermaydi. Ehtimol, Himolay aholisi bunday muvaffaqiyat sirini bilar. Sivilizatsiyadan uzoqda yashovchi mahalliy aholi yosh va tetik ko'rinadi, 100 yoshli yubileylarini nishonlaydi va tadqiqotchilarni inson salomatligi uchun zarur hamma narsa tabiatda mujassam ekanligiga ishontiradi.
 
Qabila hayoti haqida batafsil bilish maqsadida fransuzlar xunzakutlarga tadqiqot ekspeditsiyasini jo'natishgan. Yevropaliklarni ochiq chehra bilan qarshi olishgan. Olimlar aholini ro'yxatdan o'tkazish vaqtida o'z hayratlarini yashira olishmagan: 20 ming xunzakutning aksariyati uzoq umr ko'ruvchi kishilar bo'lgan. Ularning oqsoqoli 120 yoshda bo'lsa, ba'zilari undan ham katta bo'lgan!
 
Bu yerda yashovchi kishilarning uzoq umr ko'rish fenomenini aniqlash qiyin bo'lmagan. Olimlar ularning hayot tarzi va nima bilan oziqlanishlarini o'rganishgan. Ma'lum bo'lishicha, ekologik sof muhit, xotirjamlik va ortiqcha hayajonlanmaslik, muntazam jismoniy harakatlar va "to'g'ri" ovqatlanish mahalliy xalq salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Ularning ratsioni asosi mevalar (ko'proq o'riklar), sabzavotlar, donli ekinlar va brinzadan iborat bo'lgan. Xunzakutlar bahorda - yangi hosil meva bergunga qadar parhez qilishadi, ungacha esa asosan quritilgan o'rikdan sharbat tayyorlab ichishadi.
 
Dunyoga xunzakutlar haqida ma'lumot bergan shifokor Mak-Karrison ajoyib tadqiqot o'tkazdi. U mahalliy aholi ratsioni foydasini o'rganishga qaror qildi va buni 1200 kalamushda sinab ko'rdi. U tajribadagi kemiruvchilarni uch guruhga ajratdi: kalamushlar evropaliklar parhezi, hindular parhezi va xunzakutlar parheziga ko'ra oziqlantirildi. Ma'lum bo'lishicha, kalamushlarning birinchi guruhi tajovuzkor va g'azabnok bo'lib qolgan, ikkinchi guruhdagilarda hindularga xos bo'lgan kasalliklar kuzatilgan, uchinchi guruh kalamushlari esa o'zlarini juda yaxshi his qilishgan, shodon va faol hayot kechirishgan.
 
1977-yilda frantsuz shifokorlari tomonidan olib borilgan yana bir kuzatuv diqqatga sazovordir. Dunyoning barcha mintaqalaridagi ko'plab odamlar saraton natijasida hayotdan ko'z yumayotgan bir paytda xunzakutlar onkologik kasalliklarga uchramagan yagona xalq deya tan olingan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash