loading...

Lo’lilar kim? Millatmi yoki?.. 

11865

Lo’lilar haqida, ularning kelib chiqishi haqida gap ketganda, albatta bahs-munozaralar paydo bo’laveradi. Chunki bu xalq yoki boshqacharoq aytganda, ko’chmanchi hayot tarzini xush ko’ruvchi olomon hech bir davlatda fuqaro sifatida tan olinmaydi. Ularga davlat pasporti berilmaydi. Berilgan taqdirda ham vaqtinchalik, fuqaro bo’lmagan shaxsligini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Lekin jinoyat sodir etishsa, albatta jinoiy javobgarlikka tortilishadi. Ijtimoiy himoya, yordam esa berilmaydi.


Tarixiy ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, lo’lilar aslida Hindistondan tarqalgani haqidagi faktlarga duch kelamiz. Bu haqiqat. Lo’lilar haqiqatan Hindistondan tarqalgan. Yozishlaricha, Hindistonga musulmonlar oqib kela boshlashgach, lo’lilar mamlakatni tark etishga majbur bo’lgan va dunyo bo’ylab tarqalib ketgan. Hanuz lo’lilar dunyo kezib, ko’chmanchi hayot tarzini kechirishadi. Baxt izlashadi. Xotirjamlik, vatan izlashadi. Baribir topa olishmaydi.

Turli asrlarda lo’lilarni shu qadar yoqtirishmaganki, mamlakatlarga kirishi taqiqlab qo’yilgan. Lo’lilarni tutib qullikka mahkum etishgan, xuddi mol kabi sotishgan.

Masalan, 1700-yillarda Avstro-Vengriya imperiyasi hukmdori Mariya Tereziya aynan lo’lilarga tegishli qonunni imzolagan. Bunga ko’ra, lo’lilar tirik qolishga, yer yuzida yashashga haqsiz hisoblangan. Faqat qonunning bitta sharti bo’lgan. Agar lo’li venger millatiga o’tishga rozilik bildirsa, uni fuqarolikka qabul qilishgan. Biroq lo’lilar bu talabni qabul qilmagan. Lo’liligicha qolishni ma’qul ko’rgan.

Shu kabi qonunlar ko’plab davlatlarda qabul qilingan. Misol uchun gitlerchi millatchilar lo’lilarni ommaviy tarzda yo’q qilishgan. Shuning uchun lo’lilar faqat o’zigagina suyanishga majbur bo’lgan. Oilasini boqish, tirik qolish uchun har qanday ishni bajarishga tayyor turgan.

Hozir ham lo’liligini sir tutgan holda ular taborga birlashgan holda sokin hayot tarzini kechirishga mahkum. Ularning birontasi shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega emasligi haqiqatga yaqinroq. Amerikadagi «Time» nashrida yozilishicha, ayni paytda dunyo bo’yicha lo’lilar soni 11 million kishini tashkil etadi.

Rossiyada esa butkul teskarisi. Lo’lilarga fuqarolik, pasport berib qo’yilgan. Ular Rossiyaning boshqa fuqarolari ega bo’lgan huquqlarga to’laqonli egadirlar. Lekin baribir lo’lilar bu mamlakatda ham jamiyatga birlashishni, jamiyat bilan bir xil hayot kechirishni xohlashmaydi. O’sha tabor, qadimiy ota-bobolaridan meros odatlar, an’analardan voz kechishmagan. Voz kechishmaydi ham.

Bizning respublikamizda ham lo’lilar ko’pchilikni tashkil etadi. Ammo yuqorida ta’kidlanganidek, ular xalqqa qo’shilmaydi. Jinoyatlarga qo’l urishadi. Tilanchilik, yoki temir, shisha idishlar sotuvini kasb qilib olishgan.
Manba: zen.yandex. ru

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash